Xabaringiz bor, 2020-yil 2-martda qabul qilingan “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga ko‘ra, 2020-yil 1-apreldan boshlab, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etilishi belgilangan edi.
Shundan so‘ng, joriy yilning aprel oyida Propiska tizimini isloh qilishga doir O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari loyihalari tayyorlanib, umumxalq muhokamasi uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazining maxsus veb-sayti 2020.strategy.uz ga joylashtirildi. Qayd etish joizki, 11-aprelga qadar davom etgan onlayn muhokamalarda aholi juda faol ishtirok etdi va hujjat loyihalarida aks etgan yangiliklarga ijobiy munosabat bildirdi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi maxsus saytiga kelib tushgan barcha taklif va munosabatlarni o‘rganib, ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etdi hamda xalq tomonidan bildirilgan fikrlar mazkur loyihalarni yana-da takomiliga yetkazilishiga hizmat qildi.
Natijada, joriy yilning 22-aprel kuni Davlat rahbarining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat har bir fuqaroni o‘z yurtida erkin harakatlanishi, yashash va ishlash joyini ixtiyoriy tanlashi mumkinligi barobarida, konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq taʼminlanishini ham kafolatlab berdi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qonunni imzolashi bilan esa 2020-yilgi Davlat dasturining 44-bandi ijro etildi.
Qonunda ko‘zda tutilgan asosiy yangiliklar:
- «doimiy propiska» tushunchasi «doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchasiga o‘zgartirildi;
- endilikda fuqarolar nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ular egaligidagi boshqa uy-joyga ham doimiy ro‘yxatga turishi mumkin;
- er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilishi haqidagi qoidalar chiqarib tashlandi;
- oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar – tutingan ota-onaning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi;
- ish joyidan doimiy ro‘yxatga olinganlar ishdan ketgandan keyin ham propiskasini yo‘qotmaydigan bo‘ldi;
- Toshkentda joylashgan davlat tashkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini yuritayotgan mutaxassislar mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadigan bo‘ldi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati