“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 198-bandida belgilangan Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlardan biri – “Toshkent shahrida Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazini foydalanishga topshirish” vazifasining ijrosi ham taʼminlandi.
Qiymati 130 mln. AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan tibbiyot markazi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida qad rostladi. Markaz Koreya Respublikasi ko‘magida, “Baum” korporatsiyasi loyihasiga ko‘ra barpo etildi. Bu yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona ushbu turdagi bolalar tibbiyot muassasasidir. Bu yerda yiliga 1,5 mingdan ortiq noyob jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati mavjud.
To‘rt qavatli davolash korpusi 280 ta o‘ringa ega hamda poliklinika kuniga 250 nafargacha bemorni qabul qila oladi. Markaz magnit rezonans tomografi, multispiral kompyuter tomografi, DNK analizatori hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Muassasada faoliyat yuritish uchun 100 nafardan ortiq vrach va hamshiralar Janubiy Koreyada malaka oshirib kelishdi.
Eʼtiborga molik jihati, jarrohlik amaliyoti uskunalariga maxsus kamera o‘rnatilgan bo‘lib, boshqa shifoxonalar va OTMlar operatsiyalarni onlayn tarzda ko‘rib turishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar orqali masofaviy tibbiy ko‘riklar hamda konsiliumlar tashkil etiladi, davolashning taʼsirchan usullari muhokama qilinadi.
Maʼlumot o‘rnida, 2020-yilgi Davlat dasturining 198-bandiga muvofiq, yana qator ustuvor vazifalar belgilangan. Yaʼni, 228 ta tibbiyot muassasasida, jumladan, 9 ta respublika tasarrufidagi, 43 ta viloyat muassasasi, 47 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmasi, 29 ta qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi, qishloq vrachlik punkti, 100 ta boshqa tibbiyot muassasasida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Mazkur bandning to‘liq ijrosi yil davomida taʼminlanishi belgilangan va davlat byudjeti mablag‘laridan – 1,1 trln. so‘m, Xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan – 83,9 mln. AQSH dollari jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati