2020-yil 5-fevral kuni “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 6-mart sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh mahkuma ayollarni afv etish to‘g‘risida”gi hamda Ramazon hayiti munosabati bilan 21-may kuni “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonlari qabul qilindi.
Mazkur hujjatlar asosida 2020-yilning 5 oyida qilmishidan pushaymon bo‘lgan va egri yo‘ldan qaytgan jami 399 nafar mahbuslar afv etildi.
Shundan,
Jazodan to‘liq ozod qilinganlar – 28 nafar
Muddatidan ilgari shartli ozod qilinganlar – 171 nafar
Tayinlangan jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilganlar – 44 nafar
Ozodlikdan mahrum etish jazosi muddatlari qisqartirilganlar – 156 nafarni tashkil etmoqda.
Afv etilgan shaxslarning 86 nafari ayollar, 14 nafari esa chet el fuqarolaridan iborat.
Farmonlar ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati