2019-yilgi Davlat dasturining 48-bandida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2020-yil 16-mart kuni “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda xususiy notarius faoliyatini litsenziyalash, ularni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Xususiy notarius yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi, bankda hisobvaraq ochadi, xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzadi, ish faoliyatini tashkil etish uchun mutaxassislar va yuridik shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Xususiy notarius o‘z faoliyatini boshlashdan oldin fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qildirishi shart.
Notariusning nomida “xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius” so‘zlari bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi lozim.
Xususiy notariusning muhri Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona namunaga muvofiq tayyorlanadi.
Xususiy notarius stajyor, yordamchi, kotib, notarial faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xodimlarga (tarjimon, kuryer va b.) ega bo‘lishi mumkin.
Xususiy notarius o‘zining ish va dam olish vaqtini mustaqil belgilaydi.
Notarial harakatlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Xususiy notarius tomonidan undiriladigan tushumlar davlat byudjetiga soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘langandan so‘ng notariusning tasarrufiga o‘tadi.
Bundan tashqari, 2020-yil 4-aprel kungi Hukumat qarori bilan Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari tasdiqlandi.
Mazkur qoidalarga muvofiq, notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishi shart, shartnoma tuzmasdan turib o‘zining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Xususiy notariuslar uchun majburiy sug‘urta summasi:
- Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning maʼmuriy markazlarida – BHMning kamida 1000 baravaridan (223 mln so‘m);
- boshqa aholi punktlarida – BHMning kamida 500 baravaridan (111 mln 500 ming so‘m) kam bo‘lishi mumkin emas.
Majburiy sug‘urta shartnomasida sug‘urta qildiruvchi notarial harakatlarni amalga oshirganda naf oluvchiga yetkazilgan zarar tufayli kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish nazarda tutiladi, maʼnaviy zarar, boy berilgan foyda va jarima to‘lovlari bundan mustasno.
Hujjatda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchini ixtiyoriy tanlashi mumkinligi hamda majburiy sug‘urta shartnomasi 1 yil muddatga tuzilishi qayd etilgan.
Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotining hajmi tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi, biroq shartnomada belgilangan sug‘urta summasining 1 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Shu bilan birga 2020-yil 11-aprel kuni “Xususiy notarial faoliyatni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, hududiy adliya organlariga biriktirilgan hamda davlat notariuslari foydalanuvida bo‘lgan bino va inshootlarni xususiy notariuslarga ijaraga berish, shuningdek idora inventarlarini sotish hududiy adliya organlari hamda xususiy notariuslar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat notariuslari bino va inshootlarni ijaraga olishda xususiy notariuslarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi.
Bunda, davlat notariusi bino va inshootlarni ijaraga olishni yozma ravishda rad etsa yoki 2 oy davomida ustunlik huquqidan foydalanmasa ushbu bino va inshootlar xususiy notariuslarga ijaraga beriladi.
Davlat idorasi inventarlari ularni sotib olish istagini bildirgan xususiy notariuslarga balans qiymatida sotiladi.
Bino va inshootlar xususiy notariuslar tomonidan ijaraga olinmagan hollarda ularda davlat notariuslari joylashtirilishi, hududiy adliya organlari tomonidan foydalanilishi yoki ijaraga berilishi mumkin.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati