“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining «Bojxona maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish» deb nomlangan 121-bandida mamlakatimizda bojxona tizimini xalqaro standartlar va tamoyillar asosida isloh qilish, xususan, «yagona darcha» bojxona axborot tizimidan samarali foydalanish, faoliyatini yana-da kengaytirish va taqdim etiluvchi ruxsatnomalar ro‘yxatini kengaytirish chora-tadbirlari belgilangan edi.
Davlat rahbari mazkur band ijrosi doirasida “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.
Joriy yilning 5-iyun kuni qabul qilingan mazkur hujjat bilan, 2020-2023-yillarda bojxona maʼmuriyatchiligini isloh qilish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda bojxona organlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning quyidagi yo‘nalishlari qamrab olingan:
- - bojxona sohasidagi normativ-huquqiy bazani yana-da takomillashtirish;
- - mavjud kuch va vositalarni optimal qo‘llagan holda bojxona organlari faoliyati va infratuzilma obyektlarining institutsional asoslarini rivojlantirish;
- - raqamli iqtisodiyot doirasida zamonaviy va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bojxona sohasiga joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda samaradorligini taʼminlash;
- - bojxona organlarining fiskal funksiyalarini amalga oshirishni takomillashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni (keyingi o‘rinlarda –TIF) tarif va notarif jihatdan tartibga solishni soddalashtirish;
- - kontrabanda va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga qarshi kurashish;
- - bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasi va mahoratini yana-da oshirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
- - xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish;
Shuningdek, 2020-2023-yillarda bojxona maʼmuriyatchiligini isloh qilish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlanib, unda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2020-yil 1-avgustdan boshlab temir yo‘l transporti tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi maʼlumotlarni bojxona organlariga real vaqt rejimida beg‘araz tarzda taqdim etib boradilar.
“Yagona darcha” bojxona axborot tizimi barcha chegara bojxona postlarida 2020-yil 1-sentabrdan joriy etiladi.
2020-yil 1-noyabrdan esa:
- bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti xavf darajasidan kelib chiqib, 3 sutkadan 1 kungacha qisqartiriladi;
- bojxona nazoratining muqobil turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib borish holatlari qisqartiriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;
- Davlat bojxona qo‘mitasining xavflarni boshqarish tizimi avtomobil chegara bojxona postlarida joriy etiladi;
- transport vositalarini vaqtinchalik olib kirishda tashuvchiga real vaqt rejimida elektron shaklda qayta olib chiqish muddati tugashidan oldin vaqtinchalik olib kirish muddatini uzaytirish va tegishli yig‘imni to‘lashni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi;
- “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini identifikatsiyalash va baholash uslubiyati tadbirkorning o‘zi tomonidan ishlab chiqiladi.
Davlat bojxona qo‘mitasiga qo‘shimcha quyidagi vazifalar yuklatildi:
- bojxona nazorati shakli sifatida tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin TIF ishtirokchisi faoliyatini baholash va ularning hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirish;
- Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining TIFni notarif tartibga solish choralarini qo‘llash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
- tovarlar importi va eksporti tuzilmasi hamda dinamikasining chuqur holatiy tahlilini, shuningdek, import hajmining ham jismoniy, ham qiymatiy o‘sishi sabablarini tahlil qilish.
Bojxona organlariga berilayotgan huquqlar:
- tovar va transport vositalari ustidan ular saqlanadigan va sotiladigan joylarga chiqqan holda, bojxona auditini amalga oshirish;
- olib kiriladigan va (yoki) olib chiqiladigan tovarlar va transport vositalari hisobi, jumladan, buxgalterlik hisobi va hisoboti hujjatlari, shuningdek, dastlabki hujjatlar yuritilishi ustidan tekshiruvni amalga oshirish.
Mazkur Farmon bilan,
Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi – Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etilmoqda.
Bojxona ekspertizasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish boshqarmasi – Tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi boshqarmasi etib qayta tashkil etilmoqda.
Umuman, mazkur Farmonning qabul qilinishi Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalari asosida O‘zbekistonda bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, shu bilan birga, “qog‘ozsiz va elektron bojxona” tizimini rivojlantirish, mazkur tizimning mantiqiy davomi bo‘lgan “raqamli bojxona”ni shakllantirish, shuningdek, kontrabanda, kontrafakt mahsulotlarni olib o‘tish, korrupsiya, noqonuniy valyuta operatsiyalari va bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashishning zamonaviy va sinovdan o‘tkazilgan usullarini joriy etish hamda bojxona ishi sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati