O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida iqtisodiyotning qator muhim tarmoqlari, jumladan, kimyo, neft va gaz, energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, zargarlik sanoatini xomashyo bilan taʼminlash uchun, avvalo, geologiya-qidiruv sohasini tubdan rivojlantirish lozimligi qayd etilib, Davlat geologiya qo‘mitasi oldiga shu yilda yangi istiqbolli maydonlar va konlarni aniqlashni 35 foizga, kelgusi yilda esa 40 foizga oshirish vazifasini qo‘yilgan edi.
Tabiiyki, sohada foydali qazilmalar zaxiralarini ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash, hududlarda zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishda yetarli xomashyo bazasini yaratish, bir so‘z bilan aytganda, mazkur vazifani sifatli bajarish uchun, eng avvalo, geologiya ilm-fani va taʼlimini rivojlantirish zarur. Chunki, har qanday soha malakali va tajribali mutaxassislarning salohiyati va mehnati evaziga rivojlanadi. Mazkur dolzarb vazifani amalga oshirish 2020-yilgi Davlat dasturining 181-bandida belgilangan.
Davlat rahbarining joriy yil 8-iyun kuni imzolagan “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan sohadagi kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq mavjud muammolar hal etiladigan bo‘ldi.
Qarorga ko‘ra, geologiya sohasida taʼlim, ilmiy-tadqiqot va amaliyot integratsiyasiga ixtisoslashgan, Davlat geologiya qo‘mitasi taʼsischiligida Geologiya fanlari universiteti tashkil etiladi.
Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:
- yuqori malakali va zamonaviy fikrlovchi oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlash;
- zamonaviy taʼlim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini hamda fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qo‘llash;
- fan va taʼlimning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili asosida, mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish;
- fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga iqtidorli talabalarni keng jalb qilish, ularni samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;
- yer haqidagi fanlar sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning aniq mezonlari va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, ularning natijalarini geologiya sohasi amaliyotiga keng joriy qilish;
- xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, biznes-hamjamiyatlari va xalqaro geologik jamiyatlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlash;
- geologiya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish va boshqalar.
Universitet Davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun geologiya yo‘nalishidagi malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha respublikaning ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Davlat geologiya muzeyi Universitet tarkibiga kiradi;
Universitetga talabalar Davlat geologiya qo‘mitasi buyurtmalariga asosan shakllantiriladigan va har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
Abituriyentlar 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab mazkur Universitetga belgilangan tartibda hujjat topshirishlari mumkin.
Taʼlim dargoxida talabalar O‘zbekiston Respublikasining davlat taʼlim standartlari asosida geologiya va konchilik yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining (Rossiya Federatsiyasi) qo‘shma taʼlim dasturlari bo‘yicha, ular bilan erishiladigan kelishuvlarga muvofiq o‘qitiladi;
Qaror bilan Geologiya fanlari universitetining Geoinnovatsion texnologiyalar markazi ham tashkil etildi.
Markazda sohada tadqiqotlar va ishlanmalarni yana-da rivojlantirish uchun ilg‘or ilmiy-texnik baza yaratiladi, malakali kadrlarning yangi avlodi tarbiyalanadi, ixtirochilik g‘oyalari va loyihalari shakllanishi uchun noyob tadqiqot maydonchasi, izlanuvchanlik va ixtirochilik muhiti yaratiladi.
Universitet huzurida yetakchi geologiya va konchilik yo‘nalishidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining maxsus umumtaʼlim va bazaviy texnik fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan Boshlang‘ich muhandislik tayyorlash markazi ham tashkil etiladi.
Ushbu oliy taʼlim muassasasi huzuridagi Boshlang‘ich muhandislik tayyorlash markazi bitiruvchilari o‘z o‘qishlarini mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasining nufuzli taʼlim muassasalari bilan kelishuviga asosan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetida yoki mazkur Universitetda davom ettirishlari mumkin.
Shuningdek, qaror bilan Geologiya fanlari universitetini tashkil etish va unda fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, Geologiya fanlari universitetida sanoat korxonalaridagi geologiya sohasiga oid muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishning maqsadli dasturi hamda Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Hulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur hujjatning qabul qilinishi, yer qaʼrini geologik jihatdan o‘rganish, undan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida malakali yetuk kadrlar tayyorlash tizimini zamon talablari darajasida takomillashtirish orqali mamlakatimizda geologiya-qidiruv sohasini tubdan rivojlanishiga xizmat qiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati