2020-yilgi Davlat dasturining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish orqali soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish” nomli 69-bandida Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish, “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsuli, “Big data” arxitekturasi asosida “Business Intelligence” tahliliy modellari va “Ishonchli hamkor” loyihasini joriy etish kabi muhim vazifalar belgilangan edi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 359-son qarori bilan Davlat dasturining mazkur bandi ijro etildi.
Ushbu hujjat bilan Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Strategiyasi tasdiqlanmoqda.
Unda DSQ maʼlumotlarini qayta ishlash markazi va telekommunikatsiya qurilmalarini modernizatsiya qilish, server va dasturiy taʼminotlar xarid qilish, axborot tizimlari majmuini yagona platformaga o‘tkazish, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish tizimlarini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar nazarda tutilgan. Buning natijasida davlat byudjetiga qo‘shimcha tushumlar hajmi 20 trln so‘mgacha ortishi kutilmoqda.
Hujjat maʼlumotlar almashish bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi muammolarni hal etishni ko‘zda tutadi:
- mavjud maʼlumotlar bazasi hajmining yetarli emasligi;
- serverlar xotira hajmining 90 % bandligi;
- elektron xizmatlar soni 3,8 barobarga, axborot tizimlar soni 2,5 barobarga ortishi natijasida korporativ tarmoq tezligini oshirish zarurati yuzaga kelganligi;
- turli axborot tizimlarining integratsiyalashuvi natijasida maʼlumotlar bazasida katta yuklanish hosil bo‘lganligi;
- yagona platforma mavjud emasligi.
Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilinishi natijasida:
- maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish tezligi 10 barobargacha oshiriladi;
- maʼlumotlar bazasidagi axborotlarni konfidensialligini taʼminlash darajasi 100 % oshadi, tashqi xavflardan himoya qilish hamda maʼlumotlarni xavfsiz va ishonchli saqlash imkoniyatlari kengayadi;
- maʼlumotlar bazasi hajmi 1 Petabaytgacha yetkaziladi.
Strategiyaning asosiy vazifalaridan biri bu – amaliyotga Business Intelligence va Big Data texnologiyalarini joriy etish hisoblanadi. Bu orqali:
- katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish tizimlari kengayadi;
- xufyona aylanmalar darajasi keskin qisqaradi va soliq solinadigan baza kengayadi;
- markazlashgan tizimlar orqali shakllangan maʼlumotlarni qayta ishlash natijasida bozor konyukturasini o‘rganish, tovar va xizmatlarning bozor narxlarini tahlil qilish hamda prognozlash imkoniyati yaratiladi;
- xodimlarning 50-60 foizida maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bilan shug‘ullanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Soliq organlarining axborot tizimlari majmui to‘liq yagona platformaga o‘tkazilishi natijasida:
- maʼlumotlarni kiritish, to‘plash, tahlil qilish tizimlari optimallashtiriladi;
- maʼlumotlar bazasida katta yuklanishlarning oldi olinadi;
- soliq to‘lovchilarning hisobot topshirish jarayoni 5-7 barobargacha yengillashtiriladi;
- inson omili aralashuvi 60 foizga qisqaradi;
- soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha preventiv va oldini olish choralarini qo‘llashga imkoniyat yaratadi.
Strategiyani joriy etish natijasida biznes jarayoniga sarflangan umumiy vaqtni 20-30 foizgacha qisqartirishga erishiladi.
Strategiyada nazarda tutilayotgan Case Management System, Case Assesment System tizimlari - soliq auditi jarayonini avtomatik tarzda qayd etish, monitoring qilish, maʼlumot va tahlillardan foydalanish yordamida soliq tizimini bir muncha takomillashtirilishini taʼminlaydi.
Bu kabi zamonaviy texnologiyalarni hayotga tadbiq etish esa soliq xizmatidan foydalanishda inson omilini 60 foizga qisqartiradi. Natijada nafaqat korrupsiyaning oldi olinadi, balki qog‘oz shaklidagi hujjat ishlari va ortiqcha vaqt sarfi tejaladi.
Soliq xizmati organlarining boshqa vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuv tizimlari integratsiyalashuvi esa bevosita yirik hajmdagi axborotlarni elektron tarzda olish, tahlil qilish va soliq solish bazasini kengaytirishga xizmat qiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati