2020-yilgi Davlat dasturining 167-bandi Taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini yiriklashtirish, profil ixtisoslashuv sohalarini kengaytirish, 168-bandi Yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrovini kengaytirish, shuningdek, 169-bandi Xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
Davlat rahbarining 2020-yil 12-iyundagi “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan mazkur vazifalarning ijrosi taʼminlandi.
Mazkur hujjatda belgilanganidek, 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish 20-iyundan 20-iyulga qadar o‘tkaziladi:
- Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda –Davlat xizmatlari markazlari orqali.
Barcha hududlarda:
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
- Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali.
Shuningdek, qaror bilan kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkazilishi, qolaversa, abituriyentlarga fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yo‘nalishini belgilash huquqi berilmoqda. Bunga qadar uchtagacha boshqa taʼlim yo‘nalishini belgilashga ruhsat berilar edi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
- Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi;
- magistraturaga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriatda o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Hujjat bilan tasdiqlangan qabul kvotalari
Bakalavriat:
- kunduzgi taʼlim shakliga – 103 575 nafar;
- sirtqi taʼlim shakliga – 31 350 nafar;
- kechki taʼlim shakliga – 5 025 nafar.
Magistratura – 10 425 nafar.
Qaror bilan, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta o‘rin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.
Bundan tashqari, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini mustaqil belgilash huquqi berilmoqda. O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTM rektorlari bir hafta mobaynida to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi maʼlumotlarni OAV va internet tarmog‘ida eʼlon qilishi lozim.
Shu bilan birga, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.
Ushbu hujjat bilan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilmoqda.
Bundan tashqari, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “130 000–Matematika” taʼlim sohasi bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari to‘liq davlat granti asosida shakllantiriladi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu qarorning qabul qilinishi xotin-qizlarning oliy taʼlim muassasalarida bilim olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish, gender tengligi tamoyillari ustuvorligini taʼminlash, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, OTMlar moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash hamda boshqaruv faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati