Maʼlumki, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi muassisligida nashr etib kelinayotgan “Ўзбекистон стратегияси” – “Стратегия Узбекистана” – “Strategy of Uzbekistan” jurnallari Harakatlar strategiyasi va uning asosida har yili qabul qilinadigan maqsadli Davlat dasturlarining bajarilishini muvofiqlashtirib borish, bu muhim hayotiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ijrosini keng ommaga va xalqaro jamoatchilikka yetkazish, davlat va xalq o‘rtasida ochiq muloqot muhitini shakllantirish, mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek, rus va ingliz tillarida chiqayotgan jurnal sahifalarida Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha tahliliy maqolalar, xalqaro va milliy ekspertlarning fikr-mulohazalari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalariga bag‘ishlangan infografik materiallar eʼlon qilib kelinmoqda.
Muxtasar aytganda, Harakatlar strategiyasi va har yilgi Davlat dasturlarining amalga oshirib borilishi to‘g‘risida aholi, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy va mahalliy investorlar, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro hamjamiyat keng xabardor qilib borilmoqda.
Tahririyat Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan “Harakatlar strategiyasi, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini taʼminlash”mavzusidagi davlat grantining 2-tanlovi qatnashish uchun o‘z loyihasini taqdim qilgandi.
Yaqinda Parlament komissiyasi tomonidan mazkur tanlov g‘oliblari eʼlon qilindi. Unga asosan, “Ўзбекистон стратегияси” – “Стратегия Узбекистана” – “Strategy of Uzbekistan” jurnallari tahririyati ham g‘oliblar safidan o‘rin egalladi.
Tahririyatning “Ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosining aniq natijalarini, islohotlar jarayonlarini xorijiy va mahalliy OAVlarda yoritish” deb nomlangan loyihasi davlat grantiga sazovor bo‘ldi.
Endilikda davlat granti asosida moliyalashtiriladigan mazkur loyiha bir yil davomida amalga oshiriladi hamda unda quyidagi maqsadlar nazarda tutiladi:
– Harakatlar strategiyasi va 2020-yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning asl mazmun-mohiyati, ularda belgilangan vazifalarning bajarilishi davlat va jamiyat taraqqiyotida, xalq hayotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini ochib berish;
– Harakatlar strategiyasi va 2020-yilgi Davlat dasturi, ularda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi natijasida erishilgan yutuqlar, shuningdek, qabul qilinishi rejalashtirilayotgan qonunlar, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning borishi haqida turkum tahliliy materiallarni eʼlon qilib borish orqali mamlakat aholisi va xalqaro hamjamiyatni O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlar va yangilanish jarayonlaridan xabardor qilish;
– Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Davlat dasturini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash borasidagi masʼuliyatini oshirish, bu yo‘nalishda NNTlar faolligini kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari orqali davlat va xalq o‘rtasida ochiq muloqot muhitini shakllantirish.
Shuni alohida taʼkidlash lozim, jurnallar nafaqat mamlakatimiz hududida, balki xorij davlatlarida ham tarqatiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati