Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda shiddat bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli izchil islohotlar samaradorligini xalqaro hamjamiyat eʼtirof etayotgani barobarida, erishilayotgan yuqori natijalar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni va nufuzi mustahkamlanishida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, Bertelsmann Stiftung (Bertelsmann Stiftung) tashkiloti Transformatsiya indeksining 2020-yil uchun hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi indeksning bir qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli darajada o‘sishni qayd etib, 2018-yilgi natijalarga nisbatan o‘z o‘rnini bir necha yuqori pog‘onalarga olib chiqishga erishdi. Jumladan, mazkur hisobotda asosiy yutuqlar sifatida “Boshqaruv indeksi”ning 2018-yilgi natijaga nisbatan 9 pog‘onaga yuqorilagani, o‘z navbatida, “Status indeksi”ning o‘rtacha 1 pog‘onaga ko‘tarilgani qayd etib o‘tildi.
Bertelsmann Stiftung transformatsiya indeksi – Bertelsmann fondi 1977-yilda Reynxard Mon tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatlarni asosiy 3 ta indeks bo‘yicha rivojlanish tendensiyalarini o‘rganib chiqadi va shunga asosan har ikki yilda bir marotaba reyting natijalarini eʼlon qiladi.
Mazkur reyting dunyoning yetakchi ilmiy tashkilotlarining 300 ga yaqin ekspertlari va maʼlumotlarni to‘playdigan mutaxassislarning tadqiqotlari va yaqin hamkorligining natijasidir. Ekspertlar faoliyatini esa, 7 nafar mintaqaviy koordinator va Bertelsmann fondi jamoasi muvofiqlashtirib turadi.
Ushbu reytingdan maqsad, rivojlanayotgan va o‘tish davri mamlakatlaridagi demokratiya, bozor iqtisodiyoti va siyosiy boshqaruv sifatini qonun ustuvorligi hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan xalq hokimiyatchiligi yo‘lidagi yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishdan iboratdir.
BTI uchta asosiy qismdan iborat bo‘lib, bular siyosiy transformatsiya indeksi, iqtisodiy transformatsiya indeksi, boshqaruv indeksi va yakuniy reyting indeksi.
BTI siyosiy transformatsiya indeksi – beshta mezondan iborat bo‘lib, ular 18 ko‘rsatkich bo‘yicha ekspert bahosidan kelib chiqadi. Bu qonun ustuvorligini va davlatchilikni, shuningdek, demokratik tizimning tan olinishi, vakilligi va siyosiy madaniyatini taʼminlashni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston siyosiy transformatsiya indeksida 2018-yilda 129 mamlakat orasida 3.17 ball bilan 115-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2020-yil hisobotiga ko‘ra, 137 mamlakat orasida 3.63 ballga yuqorilab, 105-o‘rinni qayd etdi. Jumladan, mamlakatimiz ekspertlar tomonidan “Qonun ustuvorligi”, “Demokratik institutlarning barqarorligi”, “Siyosiy va ijtimoiy integratsiya” hamda “Siyosiy ishtirok” sub-indikatorlarida sezilarli darajada yaxshilanishga erishgani eʼtirof etildi. Mazkur ijobiy o‘zgarishlarda yurtimizda qonunchilik, sud-huquq tizimlarida so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, joylarda parlament nazoratining joriy etilishi, korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan izchil islohotlar alohida o‘rin tutadi.
So‘nggi 2 yil ichida Iqtisodiy transformatsiya indeksida O‘zbekiston 1 pog‘onaga ko‘tarildi, 2018-yilda 4.29 ball bilan 129 davlat orasida 99-o‘rinni, 2020-yilda esa 4.54 punktga oshib, 137 mamlakat orasida 98-o‘rinni egalladi.
Bu muvaffaqiyat ham mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida qo‘lga kiritilganini taʼkidlash o‘rinli. Xususan, xo‘jalik yuritish subyektlarini tekshirishga moratoriy eʼlon qilinishi, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil instituti (biznes ombudsman) va boshqa yangi institutlar tashkil topgani, tabiiy monopoliya subyektlari soni qisqartirilgani, yangi soliq konsepsiyasi tasdiqlangani, tovarlarni eksport qilishda sunʼiy to‘siqlar olib tashlangani, bojxona tariflari kamaytirilgani va boshqa qator omillar O‘zbekistonning mazkur reytingdagi nufuzi oshishiga sabab bo‘ldi.
Eng yuqori o‘sish Boshqaruv indeksi tarkibidagi “Xalqaro aloqalar” indikatorida qayd etilib, 2018-yilgi 3.3 balldan 5.3 ballga yuqorilagan. Bu borada Davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar natijasida aksariyat xorij agentliklari, rasmiylar, ekspertlar tomonidan mamlakatimizga bo‘lgan “ishonch”ning yana-da ortib borayotgani, qo‘shnichilik aloqalarining har jabhada yana-da mustahkamlanayotgani, yurtimizning investitsiya muhiti tubdan yaxshilagani, xalqaro savdo, pul-kredit, soliq va boshqa tizimlardagi yangilanishlar dolzarb o‘rin tutadi.
Hisobotda “Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan islohotlar nafaqat mamlakatda, balki mintaqada ham siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlardan yangi muhit yaratmoqda”, – degan jumla ekspertlar tomonidan alohida qayd etib o‘tilgan.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati