Joriy yilning mart oyida tasdiqlangan “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 84-bandida Tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat muhitini yaxshilashga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan edi.
Joriy yilning 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqobat muhitini yana-da rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolanishi bilan mazkur bandning ijrosi taʼminlandi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor bo‘lishi belgilanmoqda.
Mazkur farmon O‘zbekistonda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish, oshkoralikni taʼminlash va davlat xaridi tartib-taomillarini yana-da takomillashtirishga xizmat qiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati