“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan eʼlon qilingan “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi targ‘ibotiga bag‘ishlangan media-kampaniyaning ikkinchi kuni iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish yo‘nalishiga bag‘ishlandi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – 2020-yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni axborot-tahliliy jihatdan muhokama qilish orqali:
- belgilangan maqsad-vazifalarning ijrosi, qabul qilinishi rejalashtirilayotgan qonunlar va boshqa nomativ-huquqiy hujjatlar, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning borishi haqida keng jamoatchilik, jumladan xalqaro hamjamiyatni keng xabardor etish;
- mahalliy va xorijiy ekspertlar, mutaxassislar, NNTlar, jamoatchilik vakillarining taklif-mulohazalarini o‘rganish;
- ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini olish;
- belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va o‘z navbatida, tegishli davlat boshqaruvi idoralariga taqdim etishdan iboratdir.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov xalqaro videomuloqotni ochib berar ekan, 284 ta banddan iborat 2020-yilgi Davlat dasturining salmoqli qismi, yaʼni 96 ta bandi Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish ustuvor yo‘nalishiga taalluqli ekani va o‘tgan 6 oyda mazkur yo‘nalishga oid jami 15 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganini qayd etdi.
- Dunyo hamjamiyati 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli global iqtisodiy inqirozga yuz tutib, barcha davlatlar mazkur inqiroz va uning taʼsirini yumshatishga qaratilgan choralarni ko‘rishga majbur bo‘ldi. O‘zbekistonda ham shu maqsadda mart oyidan shu kunga qadar Davlat rahbarining 20 ga yaqin qaror va farmonlari qabul qilindi. Mazkur hujjatlarda mamlakatda iqtisodiy faollikni oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, byudjet xarajatlarini maqbullashtirish va eng katta taʼsirga uchragan sohalarni jonlantirishga qaratilgan qator choralar amalga oshirilmoqda.
Tadbirda shuningdek, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli ham so‘z olib, Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ko‘rilayotgan choralar naqadar hayotiyligi va ular kundalik hayotda samarali qo‘llanayotganini alohida taʼkidlashdi.
Videomuloqotda 2020-yilgi Davlat dasturi ijrosi haqida maʼlumot berilar ekan, “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni bilan davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 60 foizgacha oshirish, xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 70 foizgacha oshirish, davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish kabi maqsadlar ko‘zlangani taraqqiyotning muhim omili ekani eʼtirof etildi.
Davlat dasturi doirasida qabul qilingan “Eksport faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq esa, eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilish uchun subsidiyalar taqdim etildi. Shuningdek, eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini qoplashga Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan kompensatsiyalar taqdim etilishi belgilandi.
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilinib, 2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirish, shuningdek, 2022-yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda elektron hukumat tizimini rivojlantirish vazifasi qo‘yildi.
Videomuloqotning o‘zaro tajriba almashish qismida esa, xalqaro ekspert sifatida taklif etilgan, Jahon bankining investitsion muhit bo‘yicha guruhi Vena bo‘limi rahbari va investitsion muhit bo‘yicha global rahbarlar guruhi aʼzosi Vim Dou (Wim Douw)ning “Iqtisodiy o‘sish va o‘tish davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning roli: siyosiy va strategik istiqbollar” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.
Tadbirda, shuningdek, Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishiga aloqador tegishli davlat organlari ekspertlari ham o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Ularda asosiy eʼtibor mahalliy va xalaro ekspertlar bilan birgalikda mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish yuzasidan belgilangan islohotlar samarasini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratildi.
Media-kampaniya o‘z ishini davom ettirmoqda.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati