“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan eʼlon qilingan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida Davlat dasturi ijrosini keng yoritish bo‘yicha media-kampaniya davom etmoqda.
2020-yilning 9-iyul kuni Davlat dasturining beshinchi ustuvor yo‘nalishi – Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasida belgilangan chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda navbatdagi xalqaro onlayn anjumanni o‘tkazdi.
Tadbirni boshqarib borgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov o‘z nutqida O‘zbekistonning mutlaqo yangilangan tashqi siyosatini amalga oshirish masalalarida mamlakatning xalqaro iqtisodiy reytinglardagi mavqeini yaxshilash, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan munosabatlarni o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhida sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, mintaqaviy turizmni rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilayotganini alohida qayd etdi.
– Mazkur virtual muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad, bu – tashqi siyosat sohasidagi Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi haqidagi maʼlumotlardan xalqimiz, qolaversa, xalqaro jamoatchilikni keng xabardor etish, shuningdek, ushbu islohotlarning yuqori samaradorligini taʼminlash yuzasidan mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan birga muhokamalar olib borish hamda aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat, – dedi jumladan E.Tulyakov.
Shuningdek, xalqaro tadbirda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor, Pittsburg universiteti (AQSh) jamoatchilik va xalqaro aloqalar Oliy maktabi dotsenti Jennifer Brik Murtazashvili ham so‘z olib, Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Taʼkidlanganidek, joriy «Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da Davlat dasturi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha jami 284 ta bandni amalga oshirishni nazarda tutadi, shundan 16 tasi bevosita tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bilan aloqador.
Virtual minbarga taklif etilgan vazirlik va idoralar vakillari so‘zlarida Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlar natijalariga to‘xtalishdi. Taʼkidlanishicha, 2021-2023-yillarda BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylanish uchun O‘zbekiston nomzodini ilgari surishi nazarda tutilmoqda. Ayni paytda inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur hujjat bu sohada davlat siyosatini samarali amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xalqaro davra suhbatining ikkinchi qismida taqdim etilgan maʼlumotlar muhokama qilinib, umumlashtirildi hamda ishtirokchilarning eʼtibori aniq takliflarni ishlab chiqishga qaratildi. Umuman olganda, mazkur muloqotlar O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida tashqi siyosat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng aholi qatlami va xorijiy auditoriyani tanishtirish imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati