
Pak Yon Su,
Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi Xalqaro ma’muriy hamkorlik byurosi bosh direktori:
Hozirda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan faol islohotlarga alohida eʼtibor qaratish lozim,deb oʻylayman. Ular davlat xizmatlari sifatini oshirish, ularni aholiga yaqinlashtirish, byurokratiyani qisqartirish hamda fuqarolar va davlat oʻrtasidagi raqamli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Mamlakatlarimiz – Janubiy Koreya va Oʻzbekiston allaqachon elektron hukumat sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. Menimcha, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bu yoʻnalishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Oʻzbekiston doimiy rivojlanishga intilishini namoyish etmoqda va respublikaning xalqaro tajribaga ochiqligi uni davlat xizmati kelajagi haqidagi global muloqotning muhim ishtirokchisiga aylantiradi.
Manba: “Dunyo” AA