
Kang Sangjin,
Koreya Eksport-import bankining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari
– Koreya Eksport-import banki Koreya va Oʻzbekiston uchun oʻzaro manfaat keltiradigan amaliy, uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori. Bankimiz faqat qisqa muddatli yutuqlarga eʼtibor qaratish oʻrniga, oʻzining rivojlanish tajribasi va siyosatga asoslangan moliyaviy vositalaridan foydalangan holda, xuddi Koreyada boʻlgani kabi, Oʻzbekiston biznes va tarmoqlarini mazmunli oʻsishga erishishda qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan.
Oʻzbekiston oʻzining soʻnggi islohotlari va liberallashuvi, dinamik va jozibador investitsiya muhitini yaratish orqali ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdi. Sanoat tuzilmasi, texnologik imkoniyatlar va rivojlanish ehtiyojlari boʻyicha ikki davlatning bir-birini toʻldiruvchi xususiyatini hisobga olgan holda, Koreya kompaniyalari uchun Oʻzbekiston asosiy uzoq muddatli hamkor sifatida namoyon boʻlmoqda.
Manba: OʻzA