"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
Muhokamalar
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2018GERMANIYANING BERGEN SHAHRIDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI...
GERMANIYANING BERGEN SHAHRIDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI EKSPERTLARI ISHTIROKIDA ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI
0 | 384 | 24 Okt. 2018 y.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakili 2018-yilning 22-24-oktyabr kunlari Germaniyaning Bergen shahrida Markaziy Osiyoda ekologik holat sharoitida iqtisodiy va siyosiy xavfsizlik masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etib qaytdi.

Germaniyaning Bergen shahridagi Vilm qo‘riqxonasida Markaziy Osiyo davlatlari vakillari, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari va soha ekspertlari ishtirokida Markaziy Osiyoda ekologik holat sharoitida iqtisodiy va siyosiy xavfsizlik masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan anjuman tashkil etildi.

Tadbir avvalida Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari doktor Tomas Kunse hamda Germaniyaning Tabiatni muhofaza qilish xalqaro akademiyasi rahbari Torsten Xarderlar so‘zga chiqib, ishtirokchilarni e’tiborini bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari oldida turgan dolzarb ekologik chaqiruvlar hamda tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratdilar.

Anjuman davomida ishtirokchilar hududdagi dolzarb ekologik masalalar, xususan Orol muammosi, Rog‘un IES qurilishi, tabiiy resurslarni boshqarish, bu borada umumiy strategiyani ishlab chiqilishi kabi mavzularni muhokama qildilar.

Muhokamalarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori o‘rinbosari Bobur Bekmurodov ishtirok etib, Markaziy Osiyo muammolarini hal kilishda O‘zbekistonning yangicha faol roli mavzusida ma’ruza qildi. Markaz vakili, xususan O‘zbekistonda qabul qilingan Harakatlar strategiyasining Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish yo‘nalishi doirasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.


0
Похожие новости