"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2018QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTIDA 2018...
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTIDA 2018 YIL DAVLAT DASTURI IJROSIGA BAG‘IShLANGAN QATOR TADBIRLAR O‘TKAZILADI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillaridan iborat ishchi guruh shu yilning 5 va 6-noyabr kunlari 2018-yil Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning joylardagi ijrosini o‘rganish, shuningdek erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida aholini xabar etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi o‘rganiladi, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan aholining keng qatlamlari bilan uchrashuv va “davra suhbatlari”, fuqarolar o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovi kabi qator tadbirlar o‘tkaziladi.

Tashriflar sanasi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2018-yil, 5-noyabr;

Xorazm viloyati –2018-yil, 6-noyabr.