"ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ"
  МАРКАЗИ
"Тараққиёт Cтратегияси" маркази

VAZIRLIK VA IDORALAR MATBUOT XIZMATLARI VAKILLARI UCHUN TRENING TASHKIL ETILDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosiga mas’ul vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari vakillari ishtirokida trening bo’lib o’tdi. Unda 30 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etib, Harakatlar strategiyasi doirasida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng jamoatchilikka samarali yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, matbuot xizmatlari faoliyatida uchrashi mumkin bo’lgan inqiroziy holatlar va ularni samarali hal etish yo’llari, aholida tashkilotning ijobiy nufuzini shakllantirishning muhimligi, matbuot tadbirlari o’tkazish va tarqatma materiallarni tayyorlash kabi qator masalalar trening davomida ko’rib chiqildi.

Tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.