2018-yilning 13-noyabr kuni Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi vakillari “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida O’zbekistonda bugungi kunda islohotlarning borishi, Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilishi belgilangan muhim vazifalar hamda erishilgan asosiy natijalar muhokama qilindi. Tadbir Germaniyaning xalqaro hamkorlik hamjamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi xalqaro hamkorlik orqali mamlakatda va xorijda iqtisodiy rivojlanish masalalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha faoliyat yuritadi. Vazirlik Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, BMT kabi tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazida bo’lib o’tgan uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari bugungi kunda O’zbekistonda katta o’zgarishlar bo’layotgani, 5 yilga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi qabul qilinishi natijasida deyarli barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidladilar.
Germaniyalik mutaxassislar ushbu jarayonlarni doimiy kuzatib borayotganliklarini va erishilayotgan natijalar, qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va uning doirasida islohotlarning borishi kabi masalalar ular uchun qiziqligi va shu sababli O’zbekiston tashrif buyurganliklarini aytib o’tdilar.
O’z navbatida, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi haqida batafsil ma’lumot berdilar. Xususan, o’tgan yillar davomida qabul qilingan muhim qarorlar, erishilgan natijalar va sohalarning rivoji bilan tanishtirildi. Shuningdek, uchrashuv davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyatining asosiy yo’nalishlari hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.