• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
ANTONIU GUTYERRISH
28948 | 16 Iyu. 2024 y.

Antoniu Guterrish,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi:

– O'zbekiston 2030-yilgacha bo'lgan kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga qat'iy sodiqligini namoyish etmoqda.

“O'zbekiston – 2030” strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda inson huquqlari, gender tengligi va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, “yashil” rivojlanish, korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligini ta'minlash kabi yo'nalishlarga asosiy urg'u berilgan. Transchegaraviy suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish, shuningdek, mamlakat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etishga alohida e'tibor O'zbekiston va uning qo'shni mamlakatlar o'rtasidagi xavfsizlik, barqarorlik va yaqin munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ish o'rinlari imkoniyatlarini kengaytirish, jumladan, tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasi orqali yanada barqaror hamjamiyat va jamiyatlar yaratishga ko'maklashish tarafdori ekanini ta'kidlagani muhimdir.

 

Manba: “Dunyo” AA


Похожие новости