"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
Muhokamalar
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2019Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va...
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasining hisobot anjumani bo’lib o’tdi
0 | 281 | 11 Yan. 2019 y.

2019-yilning 10-yanvar kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasining 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va 2019-yilda rejalashtirilgan ustuvor vazifalari muhokamasiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Unda Parlament quyi palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi o’z faoliyatini 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan, mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlashda parlament rolini oshirish, tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyati sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirganligi ta’kidlab o’tildi.

Joriy yilda qo’mita tomonidan bevosita 14 ta qonun loyihasi tayyorlanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganligi tadbir davomida aytib o’tildi. Xususan, “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonun, “O’zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi”, “Shanxay hamkorlik tashkilotining ekstremizmga qarshi kurash to’g’risida”gi konvensiyasini ratifikatsiya qilish to’g’risida”gi qonuni va boshqalar.


1
Похожие новости