"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2019“Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Akmal...
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Akmal Burxanov “Yuksalish” umummilliy harakati raisi lavozimiga tayinlandi

Burxanov Akmal Eshondedayevich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida”gi farmoniga asosan tashkil etilgan “Yuksalish” umummilliy harakati raisi lavozimiga o’tgazilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Tulyakov Eldor Sobirjonovich “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori etib tayinlandi.

O’z navbatida, Markaz jamoasi A.Burxanovga 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshishi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyatining rivoji yo’lida qo’shgan samarali hissasi, fidoyiligi va jonkuyarligi uchun minnatdorchilik bildiradi. Boshlanayotgan yangi o’zgarishlarda zafarlar tilaydi!

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyat yo’nalishida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirishda fuqarolar, barcha hamkorlar – Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, NNT, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi.