"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2019O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy...
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun 2019-yil davlat dasturi taqdimoti o’tkazildi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida belgilangan muhim vazifalarni o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

 
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori so‘zga chiqib, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati va uning doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari haqida ma’lumot berdilar. Jumladan, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida nazarda belgilangan vazifalar, rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ta’kidlanganidek, bugungi kunda Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi sa’y-harakatlar natijasida o‘tgan davrda fuqarolar va voyaga yetmagan yoshlar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlar keskin kamaydi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, Ichki ishlar vazirligi, Harbiy prokuratura hamda boshqa kuch tuzulmalari vakillari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi va bu o‘zining ijobiy natijalarini berayotganligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari tomonidan 2019-yil Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.