"ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ"
  МАРКАЗИ
"Тараққиёт Cтратегияси" маркази

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat dasturini samarali va maqsadli ijro etilishi yuzasidan muhokama tashkil qilindi


Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda bevosita xalqimiz faolligida ishlab chiqilgan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi chora-tadbirlari ijrosi monitoringini samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamkorlikda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarning bajarilish monitoringi va bunda hukumat a’zolarining jamoatchilik oldida hisobdorligini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish haqida so’z yuritildi. Bundan ko’zlangan maqsad esa xalqimiz turmush-tarzini yaxshilash, farovonligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturining har bir bandini samarali va o’z vaqtida ijro qilinishini monitoringida samaradorlikka erishish. Xususan, bu borada joriy etilayotgan Bosh vazir va hukumat a’zolarining davlat dasturi ijrosi bo’yicha Oliy Majlis palatalari oldida har chorakda hisobot berish tartibidan unumli foydalanish borasida palatalarda ham tegishli choralar ko’rilishi lozimligiga ham alohida to’xtalib o’tildi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, Harakatlar strategiyasining Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo‘nalishi doirasida belgilangan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish kabi masalalar ham ko’rib chiqildi.