"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2019“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining...
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi

kelgusi bosqichlari haqida keng jamoatchilikni, shu jumladan, xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish maqsadida 2019-yilning 25-yanvar kuni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari: ilk natijalar va kelgusi rejalar” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, “Yuksalish” umummiliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi, Shveysariya Konfederatsiyasi hamda AQSh davlat departamenti kabi xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda 250 dan ziyod soha mutaxassislari – mahalliy hokimiyat, mutasaddi vazirlik va idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ekspertlik hamjamiyati hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro anjuman mazkur dasturlar ijrosi holati va kelgusidagi rejalar haqida jamoatchilikni o‘z vaqtida va keng xabardor qilish, yechimini kutayotgan vazifalarni muhokama qilish hamda qishloq joylardagi aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha xalqaro tajriba va moliyaviy institutlarni jalb qilish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining umumiy maqsadi, innovatsion yondoshuvlar, loyihalarni amalga oshirishda mahalliy hokimiyat, turli hamjamiyatlar va xalqaro tashkilotlarning roli haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, “Obod qishloq” dasturini amalga oshirilishi orqali hududlarning iqtisodiy rivojlanishi, ijtimoiy soha va infrastruktura darajasini oshirish strategiyasi bo‘yicha hisobotlar taqdim etildi.

Anjuman mutaxassislar uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini kompleks amalga oshirish yuzasidan xorijiy tajribani keng qo‘llash va loyihani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro tashkilot vakillari bilan qo‘shma loyihalarni atroflicha muhokama qilish, shuningdek, hukumat idoralari, biznes doira vakillari va aholi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan takliflarni o‘rganishga xizmat qildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini kelgusida amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tashkilot va ekspertlarning takliflari, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha bildirilgan fikrlar umumlashtirildi.