"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2019Xitoylik yoshlarga Harakatlar strategiyasi taqdimoti...
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

Xitoylik yoshlarga Harakatlar strategiyasi taqdimoti o‘tkazildi

Joriy yilning 22-yanvaridan 2-fevraliga qadar yurtimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi vakillarining Markaz direktori, mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va uning doirasida ishlab chiqilayotgan davlat dasturlari ijrosi, shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish maqsadida o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Markaz vakillari tomonidan Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi, amalga oshirish bosqichlari, yillik davlat dasturlarini jamoatchilik muhokamalaridan o‘tkazilish mexanizmlari kabi sohalarda erishilgan natijalar va orttirilgan tajribalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati, Harakatlar strategiyasini amalga oshirishdagi roli, xususan, belgilangan vazifalar ijrosining borishi yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash hamda kelgusi yillar uchun xalqaro tajribani o‘rgangan holda asosli takliflar taqdim etish kabi yo‘nalishlardagi faoliyati bo‘yicha ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida xitoylik yoshlarning O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati, yurtimizda ro‘y berayotgan islohotlardan kelib chiqibbergan qator dolzarb savollari ularning O‘zbekistondagi so‘nggi o‘zgarishlarga katta qiziqish bilan qarashlarini ko‘rsatdi. Shu borada ular tomonidan O‘zbekistonning XXR bilan o‘zaro investitsiyalar jalb qilish, ta’lim va turizmni rivojlantirish lozimligi va bu borada imkoniyatlardan maksimal ravishda foydalanish kerakligi bo‘yicha takliflar bildirib o‘tildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shu bilan birga ishtirokchilar “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatiga alohida qiziqish bildirib, XXRda faoliyat yuritayotgan o‘xshash tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatishda amaliy ko‘mak berishlarini bildirib o‘tdilar. Bu esa Markaz oldiga qo‘yilgan turli sohalarda xalqaro ijobiy tajribani o‘rganish, tahlil qilish, ekspertlar fikrini olish va mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.