"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
MARKAZI
Muhokamalar
TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIYangiliklar2019Sudlar faoliyatini yanada shaffof va aholiga yaqin...
Sudlar faoliyatini yanada shaffof va aholiga yaqin bo‘lishiga xizmat qilgan OAV vakillari taqdirlandi
0 | 223 | 28 Yan. 2019 y.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini

 

amalga oshirishga oid davlat dasturlari doirasida qonuniylikni ta’minlash, sud-huquq sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, Harakatlar strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishi misolida bugungi kunda sud tizimi mustaqilligini ta’minlashda, aholi huquq va manfaatlarini samarali va o‘z vaqtida himoya qilishda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Sudyalarning vakolat muddatining qayta ko‘rib chikilgani, ularning ishida unumdorlik oshib, qabul qilinayotgan sud qarorlari sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning sababi sifatida, sudya bo‘lib ishlagan, tajribasi yanada oshgan malakali kadrlar sudyalik lavozimida qolish imkoniyati kengayib, inson taqdiri bilan bog‘liq masalalarni hayot tajribasiga ega va ixtisosligi ortgan sudyalar tomonidan hal qilinishi joriy etildi. Oqibatda yanada adolatli sud qarorlari qabul qilinishi amaliyotda ko‘payib, xalqimizning sud organlaridan qoniqish hissi kuchaymoqda.

Shu kabi ko‘plab islohotlar natijalarini hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni keng jamoatchilikka o‘z vaqtida yetkazishda, shubhasiz, OAVining o‘rni katta. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan OAV vakillari o‘rtasida “Adolat – qonun ustuvorligida” tanlovi o‘tkazildi hamda g‘oliblar joriy yilning 25-yanvar kuni tantanali ravishda taqdirlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori E.Tulyakov ishtirok etib, sud-huquq tizimida rejalashtirilayotgan islohotlarni amalga oshirishda davlat idoralari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, sohadagi o‘zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda sud tizimining xalqimizga yanada yaqin bo‘lishida OAV vakillarining o‘rni muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Tashkil etilayotgan mana shunday tadbirlar, OAVlariga berilayotgan e’tibor o‘z navbatida tizim faoliyati samaradorligiga ijobiy ta’sir kiladi, albatta. Sababi, bunday e’tibordan ruxlangan OAV vakillari mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarni xalqimizga, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z vaqtida va samarali yetkazishda yanada shijoat va faollik ko‘rsatish imkonini beradi.


4
Похожие новости