• Ўзбек
"ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ"
  МАРКАЗИ
"Тараққиёт Cтратегияси" маркази

Harakatlar strategiyasi ijrosi holati prokuratura organlari vakillari bilan muhokama qilindi

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori E.Tulyakov Bosh prokuratura xodimlari va Bosh prokuratura akademiyasining tinglovchilari bilan uchrashib, Markaz tomonidan Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarni samarali va o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan olib borayotgan faoliyat, shuningdek vazirlik va idoralar, shu jumladan prokuratura organlari bilan hamkorlik bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

Muloqot davomida Markaz rahbari tomonidan 2018-yil davlat dasturi yakunlarining asosiy ko‘rsatkichlari, ijro holati va mexanizmini takomillashtirish hamda monitoring va nazorat mexanizmlaridan samarali foydalanish yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida belgilab olingan asosiy vazifalar va ularning bajarilishida Markazning roli va bu borada prokuratura organlari bilan hamkorlikning muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Tashkil etilgan uchrashuv prokuratura organlari xodimlari uchun bugungi kunda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, ijro intizomida takomillashtirilishi lozim bo‘lgan jihatlar, qabul qilinayotgan muhim hujjatlar ijrosining nazorati borasida idoralararo hamkorlikning ahamiyati, shuningdek kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishga xizmat qildi.