Husayn Ibrohim Toha,
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi:
– Oʻzbekistonning strategik joylashuvi va oʻsib borayotgan iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda IHT bilan aloqalarni chuqurlashtirish uchun salmoqli salohiyatga ega. Infratuzilma mustahkamlanib, iqtisodiyot diversifikatsiya qilinar ekan, Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda IHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatishda muhim rol oʻynashi mumkin. Chunki Kamerunda boʻlib oʻtadigan tashqi ishlar vazirlari Kengashining 50-yigʻilishi mavzusi ham IHT doirasida transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga bagʻishlanganligini hisobga olsak. Yurtingizning ahamiyati nihoyatda muhim. Oʻzbekistonning innovatsiyalar, taʼlim va barqaror rivojlanishga qaratayotgan eʼtibori IHT maqsadlari bilan hamohang boʻlib, oʻzaro manfaatli sheriklik va islom birdamligi hamda taraqqiyotiga hissa qoʻshadi.
Yuqorida taʼkidlaganimdek, Oʻzbekiston IHT bilan hamkorlikni chuqurlashtirish uchun salmoqli salohiyatga ega. Oʻzbekiston oʻz infratuzilmasini mustahkamlash va iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishda davom etar ekan, mamlakat butun Markaziy Osiyoda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarni bir-biriga bogʻlovchi muhim markazga aylanish uchun noyob imkoniyatga ega boʻldi.
Manba: “Dunyo” AA