Buyuk Britaniya Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi
Leo Dokerti,
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari:
Shuni aytishim mumkinki, bugungi uchrashuvdan juda ijobiy taassurot oldim. Darhaqiqat, Buyuk Britaniya bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar yaxshi surʼatda rivojlanib kelmoqda. Oʻzbekistonda taʼlim, savdo, biznes sohalarini rivojlantirishda katta yutuqlar qoʻlga kiritilayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Men ushbu masalalarni yana bir bor muhokama qilish va oʻzaro diplomatik munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun yurtingizga tashrif buyurdim. Hamkorligimizda ayniqsa, taʼlim sohasi juda muhim hisoblanadi. Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mazkur sohada olib borayotgan islohotlarini hamda bu borada qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlarni biz ham juda qadrlaymiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. Zero, biz Oʻzbekistonda yosh avlodning ilmli, dunyoqarashi keng boʻlib ulgʻayotganiga, xalqaro miqyosda katta-katta yutuqlarni qoʻlga kiritayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz.
Manba: OʻzA