• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
Konstantin Limitovskiy
28146 | 22 Apr. 2025 y.

Konstantin Limitovskiy,

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti:

 

– Biz 2016-yildan buyon Oʻzbekistonda oʻtish jarayonini toʻliq qoʻllab-quvvatlaymiz. Bizning hamkorligimiz faol rivojlanmoqda. OIIBning Oʻzbekistondagi tasdiqlangan operatsiyalari 3,1 milliard AQSH dollaridan oshdi. 2024-yil yanvar oyida biz Pekindagi OIIB shtab-kvartirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish sharafiga muyassar boʻldik. Ushbu tashrif Oʻzbekiston va OIIB oʻrtasidagi hamkorlik masalasida muhim bosqich boʻldi. Uchrashuv davomida 2,6 milliard AQSH dollari miqdoridagi uch yillik investitsiya dasturi imzolandi. Investitsiya dasturi Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, energetik oʻtishga koʻmaklashish, mamlakat transporti va elektr uzatish tarmoqlarini takomillashtirish, shuningdek, raqamli infratuzilmaning ishonchli tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarni qamrab olgan.

OIIB Oʻzbekistonda amalga oshirayotgan bir qator loyihalarni qayd etmoqchiman. Biz Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida 897 MVt quvvatga ega Markaziy Osiyodagi eng yirik quyosh energiyasi loyihasini moliyalashtirdik. Shuningdek, bizning portfelimizda qishloq yoʻllari va temir yoʻllarini qurish va yaxshilash boʻyicha toʻrtta loyiha mavjud. Ularning umumiy sarmoyasi 626 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Manba: OʻzA

 


1
Похожие новости