• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
2
6290 | 24 Avg. 2020 y.

II. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

2.1. Yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha “O‘zbekiston yoshlari - 2025” Konsepsiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Konsepsiyada O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarini yaratish nazarda tutiladi.

Respublikamizda yoshlar muammolarini samarali hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, yoshlar siyosatini yuritishda zarur vakolat va moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan “Yoshlar ishlari agentligi” tashkil etildi. Agentlik yoshlarga oid davlat siyosatini yuritadigan davlat organi sifatida ular manfaatlarini himoya qilish, hukumat, vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan qabul qilinayotgan qaror, dastur va loyihalarda yoshlar manfaatlarini aks ettirish, nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.

2.2. “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” shiori ostida bunyodkorlik va islohotlarni targ‘ib qilish tadbirlari.

“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” shiori ostida ulkan bunyodkorlik va islohotlarni keng xalq ommasi orasida targ‘ib qilish, bunga ziyolilar, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot namoyandalarini safarbar etishga qaratilgan kompleks targ‘ibot dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish yuzasidan Hamkorlik chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi. Bundan ko‘zlangan maqsadlardan biri yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirishdan iborat, deb belgilandi.

Mazkur yo‘nalishlarda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan mutafakkirlar” mavzusida buyuk ajdodlarimizning vatanparvarlik, millatparvarlik va taraqqiyparvarlik sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy merosini yoshlar ongiga yetkazish, Yoshlarni zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lishiga ko‘maklashish va boshqa shu kabi mavzulardagi loyihalar uchun tanlov elon qilib, davlat grantlari ajratish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, dunyo tamadduni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘tmish allomalarining ilmiy merosi, hayot yo‘lini bugungi yosh avlodga ochib beruvchi turkum ko‘rsatuvlar tayyorlab efirga uzatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.


19
Похожие новости