• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
5
3432 | 24 Avg. 2020 y.

V. Arzon uy-joylarni barpo etish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish

5.1. Arzon uy-joylar qurish dasturini izchil davom ettirish.

Joriy yilda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 38 ming 718 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 6,5 mingtaga ko‘paydi. Joriy yilning birinchi yarmida jami 43 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 107 foizdan ziyodni tashkil etdi.

Arzon uy-joylar qurish dasturi bo‘yicha joriy yil davomida qishloq joylarda jami 12 ming 004 ta uy qurilishi mo‘ljallangan bo‘lib, shundan 8 ming 004 tasi “Qishloq qurilish invest” ishtirokida, 4 mingtasi yangi tartibda quriladi. Shuningdek, shaharlarda aholiga arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi borasida bu yil jami 18 ming 010 ta uy qurilishi belgilangan. Shundan 4 ming 256 tasi “O‘zshaharqurilish invest” ishtirokida, 13 ming 754 tasini yangi tartibda qurish rejalashtirilgan.

Shuningdek, joriy yilning birinchi yarim yilligida Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘vvatlash vazirligining maxsus komissiya tanlovidan o‘tgan 1586 nafar xotin-qiz ro‘yxati shakllantirilib, ularga ajratilgan arzon uy-joylarning 10 foiz miqdoridagi boshlang‘ich badalini to‘lab berish uchun Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan 34 milliard 225 million so‘m yo‘naltirdi.

5.2. Ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv tizimlarini rivojlantirish.

Ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv tizimlaridagi munosabatlarni tartibga solish hamda isteʼmolchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, aholini ichimlik suv taʼminoti darajasini 69 foizdan 91 foizga, shaharlar va tuman markazlarida oqova suv tizimi taʼminoti darajasini 16 foizdan 31 foizga yetkazishni ko‘zda tutgan “2035 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlantirish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova xizmatlarini yaxshilash maqsadlarida Moliya vazirligi huzuridagi “Suv taʼminoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi hisobidan 934,2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 328,8 mlrd. so‘m moliyalashtirilib, 376,9 mlrd. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 520,0 km ichimlik va 68,8 km oqova suv tarmoqlari qurish hamda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Yevropa Ittifoqining WECOOP-3 loyihasi doirasida, xorijiy ekspertlarni jalb qilib va xalqaro tajribani keng qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasining Ekologik kodeksi loyihasining tuzilmasi ishlab chiqilmoqda.

5.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilash.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga eʼtiborni kuchaytirish maqsadida, Respublikada chiqindilarni qayta ishlash, shuningdek, chiqindilarni atrof-muhit va inson sog‘lig‘iga taʼsirini oldini olish va kamaytirishda ekologik xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

“Yo‘l xaritasi”da har bir hudud va korxona bo‘yicha ekologiyani yaxshilash, chiqindilarga doir ishlar yuzasidan loyihalarni amalga oshirish hamda chiqindilarning ekologiyaga va aholiga zararli taʼsirini kamaytirish, qattiq maishiy chiqindilardan ikkilamchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, muqobil energiya olish masalalari bo‘yicha qator xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan.

Hozirgi kunda chiqindilarni tozalash xizmatlari bilan aholini qamrab olish darajasi 66 foizni tashkil etib, joriy yil yakunigacha bu ko‘rsatkichni 90 foizga yetkazish, sohaga xususiy korxonalarni keng jalb etish rejalashtirilgan. Qolaversa, respublika bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida jami 31 ta klaster tashkil etish natijasida maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini yil yakuniga qadar 25 foizgacha, 2021 yilda kamida 35 foizga yetkazish belgilangan. Shuningdek, sanitar-ekologik talabga javob bermaydigan 51 ta chiqindi poligonini maqbullashtirish va qurilish chiqindilari uchun 26 ta poligon hamda ularni qayta ishlovchi klasterlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.


9
Похожие новости