• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
Matteo Patrone
28174 | 07 Yan. 2025 y.

O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini isloh qilish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirmoqda va mamlakat ulkan investitsiyaviy salohiyatga ega              

 

Matteo Patrone,

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vitse-prezidenti:

– Biz “yashil“ bankmiz va shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekistonda qoʻllab-quvvatlayotgan har bir loyiha bizning qatʼiy ekologik va ijtimoiy mezonlarimizga javob berishi kerak.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Oʻzbekiston hukumati uzoq muddatli dekarbonizatsiya strategiyasini ishlab chiqdi, bu esa mamlakatning 2050-yilgacha energetika sektorining uglerod neytralligiga erishish rejasini qoʻllab-quvvatlaydi. Bank, shuningdek, mamlakatga metan emissiyasi milliy dasturini ishlab chiqishda yordam bermoqda.

Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilishni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Birgina 2023-yilning oʻzida bank tomonidan 1 GVt qayta tiklanuvchi energiya quvvatini yaratishni moliyalashtirilishi natijasida mamlakatning qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy quvvati 2,7 GVtga yetkazildi.

YTTB, shuningdek, shamol energiyasi, jumladan, Qoraqalpogʻistonning 200 MVt quvvatga ega birinchi elektr stansiyasi uchun raqobatbardosh tenderlarni ragʻbatlantirmoqda. Biz buni davom ettiramiz va bu isteʼmolchilar elektrni eng maqbul narxlarda olishga yordam beradi hamda eng yaxshi investorlarni jalb qiladi. Kelgusi yillarda biz Oʻzbekistonga 2030-yilgacha 25 GVtgacha quyosh va shamol energiyasini oʻrnatish boʻyicha oʻzining ulkan maqsadiga erishishga yordam beradigan qayta tiklanadigan energiya manbalarining yangi loyihalarini qoʻllab-quvvatlaymiz.

Bank Markaziy Osiyoning eng koʻp aholi yashaydigan qismi boʻlgan Fargʻona vodiysida irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha yirik (200 million dollar) loyihani ham qoʻllab-quvvatladi. Eski suv nasoslarini zamonaviy jihozlarga almashtirish suv yoʻqotishlarini kamaytiradi.

Mamlakatingizda iqtisodiyotni isloh qilish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilmoqda. Respublika yuqori investitsiyaviy salohiyatga ega. Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanish borasida toʻgʻri yoʻldan odimlamoqda, xususiy sektorni rivojlantirish borasida esa yuqori yutuqlarga erishmoqda. Shuningdek, energetika sohasida infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha koʻplab tashabbuslar ilgari surilyapti, bu esa mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvga kuchli turtki beradi.

Manba: “Dunyo” AA


0
Похожие новости