Joriy yilning 6-oktyabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC) va USAIDning O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar bo‘yicha Dasturi hamkorligida O‘zbekistonda mediatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan onlayn muhokama tashkil etildi. Videokonferensiya shaklidagi mazkur tadbirda mediatsiya sohasidagi milliy ekspertlar, Adliya vazirligi masʼullari, fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyalar, olimlar, advokatlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochar ekan, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov 2019 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan "Mediatsiya to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va amaldagi ijrosi haqida to‘xtaldi.
— Mediatsiya, bu — nizolarni xolis, manfaatdor bo‘lmagan uchinchi bir tomon, yaʼni muayyan kelishuvga erishishga yordam beradigan mediator ishtirokida hal etishning muqobil shakllaridan biridir, — dedi jumladan Eldor Tulyakov. — Mediatsiya uslublari, asosan, muzokaralarni hamkorlik yo‘liga burib yuborish va o‘zaro manfaatli natijaga yo‘naltirishga tayanadi. Mediator esa, tomonlar bir-birining nuqtai nazari hamda qarashlarini tushunishiga ko‘maklashadi, muammoning samarali yechimini izlaydi.
"Mediatsiya to‘g‘risida"gi Qonun, o‘z navbatida, fuqarolik, mehnat, oilaviy-huquqiy, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarda mediatsiyani qo‘llash bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq qilinadi. Mediatsiya instituti dunyoning aksariyat rivojlangan davlatlari, xususan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Janubiy Koreyada bugungi kunda samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Mazkur institut O‘zbekiston uchun ish yuritishning yangi shakllaridan biri bo‘lib, mediatsiya sohasidagi qonun hujjatlari ijrosini amalda taʼminlash uchun, eng avvalo, yuksak bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar, xususan, professional mediator kadrlar zaxirasini shakllantirish talab etiladi. Shuningdek, Qonun normalarini amaliyotda qo‘llash tajribasidan kelib chiqib, bu boradagi huquqiy asoslarni yana-da mustahkamlab borish maqsadga muvofiqdir. Bugungi tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz ham, mediatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda yana-da takomillashtirish uchun taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadbirda shuningdek, Oliy Majlis Senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Cho‘lliyev, Toshkent xalqaro arbitraj markazi direktori Diana Bayzakova ham so‘z olib, bugun muhokama etilayotgan mavzuning dolzarb ahamiyatiga eʼtibor qaratishdi.
Tadbirda Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi raisi Foziljon Otaxonov, Toshkent xalqaro arbitraj markazi kotibiyati aʼzosi Nodir Malikov, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri Sevaraxon Maripova hamda Toshkent mediatsiya markazi direktori Diyorbek Kimsanov o‘z maʼruza va taqdimotlari bilan qatnashdilar.
Onlayn muloqotda O‘zbekistonda yangi huquqiy institut bo‘lgan mediatsiyani tartibga solishning huquqiy asoslari, mediatsiya orqali nizolarni hal etishning institutsional xususiyatlari, professional mediatorlarni tayyorlash masalalari hamda O‘zbekistonning mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro tinchlik bitimlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Konvensiyasi (Singapur Konvensiyasi)ga qo‘shilish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari tomonidan O‘zbekistonda mediatsiyani yana-da rivojlantirish, uning huquqiy-institutsional asoslarini takomillashtirish, "Mediatsiya to‘g‘risida"gi Qonunni amalda samarali tadbiq etish masalalari, bu sohadagi muammolarning yechimlari yuzasidan qator fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.
Muhokamalar yakunida Oliy Majlis Senati vakillari, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, Toshkent xalqaro arbitraj markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Mediatsiya markazi masʼullari sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan muntazam fikr va tajriba almashib borish to‘g‘risida kelishib oldilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.