Joriy yilning 7 oktyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha komissiyasi aʼzosi Eldor Tulyakov AQSHning Vashington shahrida joylashgan “Kaspiy siyosati markazi” (“Caspian Policy Center”) tomonidan tashkil etilgan “Xotin-qizlarni iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorligini rivojlantirish” mavzuidagi xalqaro vebinarda asosiy maʼruzachi sifatida ishtirok etdi.
Videokonferensiya shaklida uyushtirilgan tadbirda AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC), Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) hamda Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston Parlamentlaridan vakillar, shuningdek, gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar maʼruza va taqdimotlar bilan ishtirok etishdi.
Xalqaro ekspertlar Janubiy Kavkaz, Kaspiy bo‘yi va Markaziy Osiyo mintaqalaridagi davlatlar tomonidan so‘nggi yillarda, ayniqsa, pandemiya davrida xotin-qizlarni ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy qo‘llab quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirish orqali iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov o‘z chiqishida O‘zbekistonda gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash, ayniqsa, global pandemiya davrida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayollarni iqtisodiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida o‘z mulohazalarini bayon etdi.
–– O‘zbekistonning barcha hududlarida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etildi, –– dedi Eldor Tulyakov o‘z so‘zida. –– Bugungi murakkab pandemiya sharoitida mazkur markazlar tomonidan 28 mingga yaqin ayolga tadbirkorlik, hunarmandlik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni taʼminlash yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Shuningdek, 21 ming 500 nafar yosh qiz qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida o‘qitildi. Bundan tashqari, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga kompleks yondashuvni ishlab chiqish, ayollar tomonidan boshqariladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularga axborot, bozor, taʼlim va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini berish va biznes faoliyatini ayollar orasida faol ommalashtirish maqsadida Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani ham alohida ahamiyatga molik.
Kengash tomonidan joriy yilda «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasini tayyorlash jarayonida «Ayollar tadbirkorligi» tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash, YETTB dasturining O‘zbekistonda gender yondashuvlarini hisobga olgan holda, investitsion muhitni tahlil qilish bo‘yicha bazaviy tadqiqotni o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqish va Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha Milliy Dasturni ishlab chiqishni rejalashtirgan.
Yana bir muhim jihat – Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Tadbirkor ayol” dasturi doirasida ajratayotgan 10 mln. AQSH dollarlik kredit mablag‘i ham O‘zbekistonda ayollar rahbarligidagi kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga yo‘naltirilgani diqqatga sazovordir.
Yuqoridagi kabi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, O‘zbekistonda o‘tgan yilning o‘zida xotin-qizlar uchun 170 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi. Tijorat banklari va Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 172 mingdan ortiq ayolga 4,9 trillion so‘m kreditlar ajratildi. Tadbirkor ayollar soni bir yilda qariyb 45 ming nafarga ko‘payib, ular tomonidan minglab yangi ish o‘rinlari barpo etilmoqda.
Mazkur masala “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyatida ham doimiy diqqat markazida turibdi. Biz milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmon ayollarning huquq-manfaatlarini himoya qilish va bu boradagi muammolarni hal etishga qaratilgan tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda olib bormoqdamiz. Shu bilan birga, o‘tkazilayotgan monitoringlar, amalga oshirilayotgan loyiha va tadqiqotlarimiz natijalaridan kelib chiqib, bu sohadagi holatni yana-da yaxshilashga qaratilgan taklif-tavsiyalarimizni tegishli davlat hokimiyati organlariga taqdim qilyapmiz.
Xalqaro vebinarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva ham so‘z olib, global pandemiyaning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda pandemiyadan keyingi iqtisodiy tiklanishni jadallashtirishda O‘zbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlari va tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, bu borada qonun hujjatlarini takomillashtirish va mustahkam huquqiy kafolatlarni yaratish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) Ayollarning global muammolari bo‘yicha boshqaruv direktori Chariti Vallas AQSH hukumati tomonidan mintaqa davlatlariga xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni taʼminlash yo‘nalishlarida ko‘rsatilayotgan moddiy yordamlarning qisqa muddatlarda ijobiy natijalar berishiga ishonch bildirib, xotin-qizlarni maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirishga ko‘proq investitsiyalar kiritilishi lozimligini taʼkidladi.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Yevropa va Yevrosiyo byurosi taʼlim va yoshlar bo‘yicha maslahatchisi Lyubov Fayfer o‘z chiqishida gender tenglik va xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi ko‘magining tamal toshi ekanini etirof etdi.
Shuningdek, video anjumanda Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston va boshqa mintaqa davlatlari vakillari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini taʼminlash bo‘yicha o‘z mamlakatlari tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.
Muhokamalarda ayollar bandligi, gender tenglik va xotin-qizlar huquqlari masalalari, ayniqsa, hozirgi global pandemiya sharoitida ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va maʼnaviy qo‘llab quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirish orqali iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish va bandligiga erishish muammolariga ustuvor ahamiyat qaratildi.
Xalqaro vebinar yakunida mintaqa davlatlari vakillari xotin-qizlarni iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida o‘zaro tajriba almashib borish va izchil hamkorlikni yana-da mustahkamlash haqida kelishib olishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.