“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O'zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi Akademiyasi, “Yuksalish” umummiliy harakati, BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliy tadqiqotlar o'tkazish: akademik hamjamiyat va nodavlat tashkilotlarining hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro veb-konferensiya o'tkazildi.
Tadbirda katta tajribaga ega xorijlik va mahalliy ekspertlar, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro veb-konferensiyani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad, sohada katta tajriba to'plagan mutaxassislarning fikrlarini o'rganish, birgalikda amaliy maqsadlarga yo'naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.
Tadbir avvalida korrupsiyaning davlat va jamiyatga yetkazadigan salbiy ta'siri haqida so'z yuritildi, O'zbekistonda mazkur illatga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilayotgani, bu borada korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida organ tashkil etilgani alohida qayd etildi.
Konferensiyada “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov so'z olib, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda faqatgina davlat tashkilotlarining harakatlari bilan muvaffaqiyatga erishib bo'lmasligini, buning uchun fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, olim va mutaxassislarning birgalikdagi faoliyati orqali butun jamiyatda korrupsiyaga toqatsizlik muhitini yaratish, barcha sohalarda shaffoflikni ta'minlash bilan ijobiy natijaga erishish mumkinligini ta'kidladi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishda amaliy tadqiqotlarning o'rni haqida fikr yuritilib, bu borada akademik hamjamiyat va fuqarolik jamiyati institutlaridan biri bo'lmish nodavlat tashkilotlarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida qayd etildi.
Veb-konferensiyada ishtirok etgan xalqaro ekspertlar o'z mamlakatlarida mazkur illatga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlar va erishilgan natijalar bilan o'rtoqlashishdi.
Tadbir so'ngida tomonlar mazkur masalada o'zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, amaliy maqsadlarga yo'naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga kelishib olishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati