Joriy yilning 16 dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Xalqaro press-klub hamkorligida 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari”ga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senati a'zolari, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog'liqni saqlash, Qurilish, Xalq ta'limi, Maktabgacha ta'lim vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastavval Xalqaro press-klub Jamoatchilik kengashi raisi, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev hamda Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo'ja mazkur tadbirning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida qisqacha ma'lumot berishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Harakatlar strategiyasining ahamiyati haqida so'z yuritar ekan, Markaz har yili qabul qilinayotgan Davlat dasturlariga takliflar berayotgani, belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qilayotgani, ularning qaysi yo'nalishlarida ishlar sustroq bajarilayotgani bo'yicha ma'lumotlarni tegishli yo'nalishlar komissiyalariga taqdim etib borayotganini, bu esa o'z samarasini berayotganini ta'kidladi.
Davra suhbatida so'z olgan vazirlik mutasaddilari Harakatlar strategiyasi doirasida, xususan, joriy yilgi Davlat dasturi ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlarga to'xtalib o'tishdi.
Tadbirda Sog'liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev so'z olib, dastavval Harakatlar strategiyasi asosida so'nggi yillarda tibbiyot sohasida olib borilgan ishlar haqida ma'lumot berdi, joriy yilning koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda bo'lgani kabi mamlakatimiz uchun ham sinovli kelganini, “tojdor” virus bilan kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilgan sa'y-harakatlar, erishilgan natijalar va kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan masalalarga to'xtaldi.
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov xalq ta'limi tizimida bajarilgan ishlar haqida ma'lumot berar ekan, bu yil pandemiya tufayli maktablarda ta'lim berish ham an'anaviy, ham masofaviy tarzda tashkil etilganini, bu bir tomondan tizimning yangi sharoitga moslashishiga, onlayn darslar sifatining oshishiga, bu borada tajriba va ko'nikmalarning shakllanishiga xizmat qilganini qayd etdi.
Davra suhbatida so'z olgan boshqa vazirlik mutasaddilari aholi bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, arzon uy-joylar qurish bo'yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish hamda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo'nalishlari bo'yicha bajarilgan ishlar haqida atroflicha ma'lumot berishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati