Joriy yilning 23 fevral kuni O'zbekiston-Hindiston tahlil markazlarining video-anjuman shaklidagi Ikkinchi forumi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi va Hindiston Tashqi ishlar vazirliklari, O'zbekistonning Hindistondagi, Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasi, har ikki davlatning “Aql markazlari” vakillari hamda taniqli ekspert-mutaxassislari ishtirok etishdi.
Forumni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Farhod Arziyev ochib, har ikki xalqni ko'p asrlik madaniy, savdo-iqtisodiy aloqalar bog'lab turishini, O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy bazasi yaratilgani, shu asosda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yanada kengayib borayotganini ta'kidladi.
O'z navbatida, Hindiston Tashqi ishlar vazirligi kotibi, elchi Vikas Svarup asosiy mintaqaviy va global masalalarni hal etishga ikki mamlakatning yondashuvlari o'xshashligi, O'zbekiston-Hindiston munosabatlari ikki tomonlama yuksak darajadagi hamkorlik bilan ajralib turishi va o'zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi, bu kabi tadbirlar o'zaro tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini kengaytirishda alohida o'rin tutishini qayd etdi.
Shuningdek, forumda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo'lim boshlig'i Farrux Hakimov so'z olib, O'zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida so'nggi to'rt yil ichida amalga oshirilgan islohotlar, turli sohalarda erishilgan natijalarga to'xtalib, uning asosida har yili qabul qilinayotgan Davlat dasturlari O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, boshqa davlatlar, jumladan, Hindiston bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini e'tirof etdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Hindistondagi “Aql markazlari” o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik aloqalari haqida ham ma'lumot berilib, bu boradagi ishlarni yana faollashtirish, tajriba almashish va tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.