“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Toshkent shahrida joylashgan Webster universiteti taklifiga binoan “Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan asosiy islohotlar” mavzusida universitet jamoasi uchun taqdimot o‘tkazdi. Taqdimotni o‘qituvchi va talabalar bilan bir qatorda, bevosita Webster universitetining AQShdagi mutaxassislari ham onlayn tarzda kuzatib borishdi.
Eldor Tulyakov o‘z chiqishida O‘zbekiston so‘nggi to‘rt yilda iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur'atlariga erishayotgani, eng asosiysi, aholining ijtimoiy muhofazasini ta'minlash borasida bir qator hayotiy tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida fuqarolarning turmush farovonligi yuksalayotgan mamlakat sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilayotganini alohida ta'kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasining beshta yo‘nalishi doirasida erishilgan natijalarni ham tahlil qilib berdi.
Ta'kidlanganidek, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga binoan, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ma'qullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi joriy etildi. Shu bilan birga, Hukumat a'zoligiga nomzodning sohani rivojlantirish bo‘yicha yaqin muddatga va istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilishi lozimligi belgilab qo‘yildi.
Bu kabi islohotlar quyi tizimlarda ham joriy etilib, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tayinlash, mahalliy byudjet mablag‘larining sarflanish jarayonini nazorat qilish tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan amalga oshirilishi joriy etildi.
Davlat boshqaruvi tizimining takomillashtirilishi natijasida ko‘plab nazorat funktsiyalari quyi tizimlarga o‘tkazilib, ixchamlashtirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 10 mln. AQSh dollaridan oshmagan ekvivalentda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini mustaqil tuzish huquqiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, Harakatlar strategiyasining qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda sud hokimiyatining fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Prezident huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi. Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati takomillashtirildi. Oliy sudning ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati tashkil etildi.
Sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarish instituti bekor qilinib, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali tadbiq qilinmoqda. Jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo‘yicha “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi joriy qilindi.
Konstitutsiyada kafolatlangan fuqarolarning erkin harakatlanish huquqlarini ta'minlash maqsadida propiska va viza berishdagi qiyinchiliklar bartaraf etildi. Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani notarial tasdiqlash talabi bekor qilindi.
Ahamiyatlisi, birgina 2020-yil davomida 5 marta Prezident tomonidan tegishli farmonlar imzolanishi natijasida jami 616 nafar mahkum afv etildi.
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning o‘z vaqtida hayotga tadbiq etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish sur'ati tubdan o‘zgardi.
Natijada valyuta bozori liberallashtirilib, valyuta tushumlarini sotish majburiyatlari bekor qilindi. Import qilishda chet el valyutasini erkin xarid qilish va chet el investorlarining foydani erkin olib chiqish imkoniyati yaratildi. Fuqarolarga chet elda ta'lim olish yoki davolanish, turizm, biznes va boshqa maqsadlar uchun valyuta mablag‘larini hech qanday to‘siqlarsiz qonuniy sotib olishi va sotish imkoniyati yaratildi.
Bojxona to‘lovlari stavkalari ikki baravar pasaytirildi. Hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi, pul muomalasi va oltin-valyuta zahiralari holati to‘g‘risidagi barcha statistik va tahliliy ma'lumotlarni doimiy ravishda ochiq chop etib borishi yo‘lga qo‘yildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun barcha zururiy sharoitlar yaratib berildi. Buning natijasida esa, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirish amaliyoti bekor qilindi. Sohaga axborot texnologiyalarining keng joryi etilishi natijasida tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotlari soni, ro‘yxatdan o‘tish uchun ketadigan vaqt qisqardi. Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (Ombudsman) ta'sis etildi.
Shu bilan birga, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki qisqartirildi. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish maxsus jamg‘armasi tashkil etilib, faoliyat yuritmayotgan va to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar maydonlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. Qulay investitsion muhit va tashqi iqtisodiy faoliyat erkinlashtirilib, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o‘zgartirildi. Eng muhimi, Yevropa tiklanish va tarraqqiyot banki bilan to‘laqonli munosabatlar tiklandi. O‘zbekiston Jahon bankining “Doing Business 2018” ma'ruzasida biznes yuritish uchun eng qulay sharoit yaratgan “top 10” talik islohotchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.
E'tiborli tomoni, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2019-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyalari tasdiqlandi.
2020-yil yakuniga ko‘ra, maktabgacha ta'limning qamrovi 60,9 foizga yetkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi doirasida 2030-yilga kelib maktabgacha yoshdagi bolalarning 80,8 foizini MTMlarga qamrab olish vazifasi belgilab olindi.
Umumta'lim fanlarini bilish darajasini baxolashning milliy test tizimi joriy etilib, respublikadagi jami umumta'lim maktablarining uchdan ikki qismi yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulandi.
Bugungi kunda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 132 ta oliy ta'lim muassasasining 35 tasida o‘quv jarayoni kredit-modulь tizimiga o‘tkazildi. 10 ta oliy ta'lim muassasasida esa o‘zini o‘zi moliyaviy ta'minlash yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan yillar davomida konstruktiv tashqi siyosat izchil davom ettirildi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tarixiy tashrifi amalga oshirilib, Shavkat Mirziyoyev ilk bor O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining maxsus “Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Shuningdek, Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferentsiya o‘tkazilib, Konferentsiya yakunida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
“Maxsus hisoblar”dan chiqarilgan 20 ming nafardan ziyod fuqaroning qariyb 16 ming nafari ijtimoiy reablitatsiya qilindi. O‘zbekiston olib borgan konstruktiv tashqi siyosatning samarasi natijasida, 2006-yildan buyon ilk marotaba O‘zbekiston diniy sohadagi "alohida tashvishli mamlakatlar" ro‘yxatidan chiqarildi va oxirgi 20-yil ichida AQSh Davlat Departamenti tomonidan bunday ro‘yxatdan chiqarilgan ikkinchi davlat bo‘ldi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi qabul qilindi.
O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining to‘laqonli a'zosiga aylandi. O‘zbekistonning ushbu Kengashga a'zo bo‘lishi savdo va investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga, tovarlar, kapitallar, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanishiga bosqichma-bosqich o‘tish uchun bojxona va tranzit tartib-qoidalarini hamda moliyaviy va bank operatsiyalarini soddalashtirishga yordam berdi.
2020-yil 3-fevral kuni O‘zbekistonga AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo tashrif buyurib, Prezident Sh.Mirziyoyev bilan uchrashdi hamda Markaziy Osiyo va AQSh tashqi ishlar vazirlarining “Markaziy Osiyo – AQSh” («C5+1») shaklidagi navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.
Taqdimot yakunida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishida “Taraqqiyot strategiyasi” markazining alohida o‘rni borligi e'tirof etilib, Markaz jamoasiga minnatdorlik bildirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.