2021 yilning 23 mart kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti hamkorligida “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini universitet jamoasiga, xususan, talaba-yoshlarga yetkazishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, universitetning yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limlari, axborot-resurs markazi xodimlari, fakultetlarning yoshlar yetakchilari hamda faol talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo'lim boshliqlari Avazbek Xolbekov va Farhod Ishankulov so'zga chiqib, 2021 yilgi Davlat dasturining o'ziga xos jihatlari, xususan, beshta usuvor yo'nalish bo'yicha belgilangan eng muhim chora-tadbirlar haqida yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berishdi.
Shuningdek, tadbirda, Davlat dasturi qabul qilinishidan oldin uning loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o'tkazilgani, fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikr-mulohazalari va takliflari ham dasturdan o'rin olgani ta'kidlandi.
Davra suhbatida, shuningdek, universitet xodimlari va faol talabalari ham so'zga chiqib, Davlat dasturida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, yoshlarga har tomonlama qulay imkoniyatlar yaratish, ayniqsa, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun zarur qulaylik va sharoitlarni yaratish borasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ahamiyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga Davlat dasturini targ'ib qilish borasida mahorat saboqlari ham o'tkazildi. Bunda Davlat dasturini universitet tadbirlarida, talabalar bilan uchrashuvlarda va talabalar turar joylarida keng targ'ib qilish bo'yicha tavsiyalar berilib, targ'ibot materiallari tarqatildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.