Joriy yilning 24-mart kuni Toshkent shahrida “Fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘ini sifatida mahalla institutining oilalarni mustahkamlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari hamda BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakili, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ishtirok etgan tadbirda kam ta'minlangan aholi qatlamini, yosh oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish kabi vazifalarni amalga oshirishda “mahallabay” ishlash tizimini joriy qilish mexanizmlari muhokama qilindi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ma'ruza qilib, aholini o‘ylantirayotgan ijtimoiy muammolarni hal etishda mahalla raislarining o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, jumladan shunday dedi:
— 2020-yilgi pandemiya davrida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Jahon banki tomonidan “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning fuqarolar hayotida qanchalik aks etayotganiga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazildi.
Unda pandemiya boshlangandan shu kunga qadar jami 18 000 dan ortiq uy xo‘jaliklari va 4000 dan ortiq mahalla raisi qatnashdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2020-yilning aprel oyida uy xo‘jaligida kamida uning bitta a'zosi ishlayotgan xonadonlar soni 40%gacha kamayganini ko‘rsatdi, bu esa taxminan 2 million 800 ming uy xo‘jaliklariga tengdir.
Yoz oylaridagi karantin choralarining yumshatilishi esa, bu jarayonning bir muncha yaxshilanishiga va yil oxiriga kelib aholi bandligi pandemiyadan avvalgi darajaga tiklanishiga erishildi. Aholining ish bilan bandligi darajasi yil oxirida 2019-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan farqi 6%ga kam bo‘lib turgan bo‘lsa-da, ammo tiklanishda davom etmoqda. Ish joylaridan mahrum bo‘lgan respondentlar sonining ulushi 2020-yilning aprel oyida 19%ga oshib ketgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 4 % gacha kamaygan.
Ish o‘rinlarini yo‘qotilishi asosan xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish tarmoqlari, norasmiy faoliyat va o‘zini o‘zi band qilganlar o‘rtasida ko‘proq kuzatilgan.
Konferensiya doirasida ishtirokchilar mahalla institutining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi rolini kuchaytirish, xususan, fuqarolar yig‘inlaridagi tegishli komissiyalar ishini yanada yaxshilash, “mahallabay” ishlash tizimini kengaytirish orqali mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarga alohida e'tibor qaratdilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati