O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt yilda Harakatlar strategiyasi doirasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar ham izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, 2021-yilgi “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida ham aholi salomatligini mustahkamlash borasida bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Xususan, Davlat dasturining 182-banddida birlamchi bo‘g‘inda umumiy amaliyot shifokori o‘rniga oilaviy shifokor va unga 5 ta yordamchi hamshiradan iborat tibbiy brigadalar tashkil qilish hamda dasturning 186-bandida hamshira va feldsherlarning obro‘si va mavqeini oshirish maqsadida “hamshiralik ishi” bilan mustaqil shug‘ullanish uchun ruxsat berish tartibini ishlab chiqish vazifalari nazarda tutilgan.
Kuni kecha qabul qilingan “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Farmoni bilan Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan ikki bandining ijrosi ta'minlandi.
Jumladan, Farmonda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish uchun 2021-yil 1-iyuldan boshlab 10 mingta, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yana qo‘shimcha 10 mingta o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratilishi belgilab qo‘yilgan.
2021-2022-yilgi o‘quv yilidan boshlab esa, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilib, o‘rta tibbiyot xodimlari maqomini oshirish, ularning malaka talablari, vazifalari, vakolatlari, javobgarligi, ixtisoslik yo‘nalishlarini kengaytirish, lavozimlari, shuningdek, o‘quv dasturlari va rejalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Natijada, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi takomillashtiriladi.
Shu bilan birga, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab, klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasi ikki baravarga oshiriladi. Hududga zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash uchun tegishli mahalliy byudjetdan yetarli miqdorda grant ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur grant asosida ta'lim olgan bitiruvchilarga tegishli hududga borib, uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi. Hududga faoliyat yuritish uchun yuborilgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarning yashash xarajatlari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Farmonga binoan 2021-yil 1-iyuldan hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda. Shu bilan birga hamshiralik ishi faoliyatini amalga oshiruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun o‘rnatilgan tartib bilan bir qatorda ayrim talablar qo‘yilmoqda.
Jumladan, hamshiralik ishi faoliyatini faqat o‘rta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma'lumotga ega Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli axborot tizimida 2022-yil 1-yanvardan boshlab ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar amalga oshirishi hamda hamshiralik ishi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxs belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borishi kabi talablar belgilangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligida Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘arma mablag‘lari hududiy tibbiyot muassasalariga xorijdan ishga jalb qilinadigan malakali mutaxassislar, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan iqtidorli mutaxassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, ularni moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, Farmon bilan aholiga kafolatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, zamonaviy texnologiya va davolash usullarini keng joriy qilish borasida bir qator tizimli chora-tadbirlar belgilab berilmoqda.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati