Joriy yilning 19-may kuni SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda “Oila qadriyatlarini mustahkamlashda Xalq diplomatiyasi va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni” mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deutatlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, “Yuksalish” umumilliy harakati, “Nuroniy” jamg‘armasi, “O‘zbekiston-Qirg‘iziston” do‘stlik jamiyati vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash uchun fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro munosabatlarida jamoatchilik diplomatiyasi mexanizmlaridan keng foydalanish, parlament va milliy tashkilotlarning ushbu masalalardagi ustuvor yo‘nalishlari va oilaning an'anaviy qadriyatlarini shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida oila va nikohga ijobiy munosabat uyg‘otish, joylarda mazkur masalalar ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilishi zarurligi ta'kidlandi.
Shuningdek, maruzalar davomida dunyodagi diniy mazhablardagi oilaviy qadriyatlar, Islomdagi an'anaviy oilaviy munosabatlarning alohida jihatlari hamda O‘zbekistonda oila institutini qo‘llab-quvvatlash va yosh avlodni tarbiyalashda huquq-tartibot va adliya idoralarining o‘rni muhimligiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh mutaxassisi Anvarjon Mirkamilov “Mahalliy hokimiyat organlarining yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib ijtimoiy sharoitlar yaratish yo‘nalishidagi ishlar” mavzusida ma'ruza qilib, bugungi kunda mahalliy hokimiyat organlarida yoshlar bilan ishlash masalasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Qizg‘in bahs-munozara va takliflarga boy tarzda o‘tgan davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan maruza qilingan mavzular yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflardan kelib chiqib, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
|Axborot xizmati