2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘lgan Harakatlar strategiyasi doirasida qabul qilingan 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida atrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini muntazam baholash va prognoz qilishni ta'minlash, korxonalarda atrof-muhitning ifloslanish manbalari monitoringi va davlat ekologik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan qator ustuvor vazifalar belgilangan.
Xususan, Davlat dasturining 251-bandida аtrof-muhitning ifloslanish darajasi holatini baholash mexanizmlarini takomillashtirish choralari ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit monitoringi dasturini tasdiqlash vazifasi qo‘yilgan.
Joriy yilning 3-iyun kuni qabul qilingan “Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mazkur band ijrosi ta'minlandi.
Qaror bilan 2021-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi qabul qilindi. Mazkur dastur orqali, suv resurslari, atmosfera havosi va tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari hamda yerlarning ifloslanishi, xavfli ekzogen geologik jarayonlar, ko'llar ekotizimlari va atrof muhitning transchegaraviy ifloslanish monitoringlarini olib borish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, mazkur hujjatda 2021-yil 1-noyabrga qadar Sog‘liqni saqlash, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi va Fanlar akademiyasiga atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi bo‘yicha idoraviy elektron axborot ma'lumotlar bazasining Yagona geoaxborot ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilish vazifasi yuklatildi.
Joriy yil yakuniga qadar esa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasining atrof muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limlari 8 ta mobilь laboratoriya, zamonaviy nazorat-o‘lchov asbob-uskunalari va boshqa jihozlar bilan ta'minlanadi.
Sog‘liqni saqlash va Suv xo‘jaligi vazirliklari va “O‘zsuvta'minot” AJ tomonidan ichimlik suv havzalaridagi suv sifatini o‘rganish, ularning ifloslanishini oldini olish, ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash hamda bartaraf etish choralari ko‘rilib, aholi suvdan ommaviy foydalanadigan joylardagi suv obektlarida suvning mikrobiologik va sanitariya-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzluksiz kuzatuvlar yo‘lga qo‘yiladi.
Shu bilan birga, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi monitoringini yuritish, yerlarning unumdorligini baholash va tuproq xaritalarini tuzish choralarini ko‘rib, har yili yer resurslari holati to‘g‘risida Milliy hisobot tayyorlab nashr etib boradi.
Suv xo‘jaligi vazirligi esa, zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, yer osti sizot suvlari sifati va holatini nazorat qilish uchun sug‘oriladigan yerlarda kuzatuv tizimini kurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirib, geoaxborot texnologiyalarini joriy etgan holda, sizot suvlar sathi va sho‘rlanish darajasining meliorativ kadastrini ishlab chiqadi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan davlat o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmon-ov xo‘jaligi hududlarida o‘simlik hamda hayvonot dunyosi monitoringi yuritilib, uning natijalarini har chorakda Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritib boriladi. Gidrometeorologiya xizmati markazi respublikadagi 22 ta shahar va boshqa aholi punktlarida joylashgan 61 ta turg‘un postlarda atmosfera havosining sifati bo‘yicha kunlik, mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha oylik kuzatishlar olib boradi.
Bir so‘z bilan aytganda, Davlat dasturidagi mazkur bandning ijrosi ta'minlanishi orqali, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash borasida davlat funktsiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik rejalar joriy etiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.