Joriy yilning 25-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hama Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy va Janubiy Osiyo munosabatlarini mustahkamlash masalalari bo‘yicha strategik qarashlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston axborot-tahliliy tuzilmalari, Strategik rivojlanish markazi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari, shuningdek Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda ekspertlar tomonidan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston olib borayotgan faol tashqi siyosat hamda mazkur yo‘nalishda Davlat rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar e’tirof etildi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi besh yilda O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barcha darajalardagi aloqalar jadallashtirilgani tufayli o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashning yangi siyosiy muhiti shakllandi. Bu esa, avvalo savdo, sanoat, investitsiya, energetika, transport va tranzit, suvdan foydalanish, ta’lim, xavfsizlik, ekologiya, mintaqa aholisining ijtimoiy muhiti va turmush sharoiti sifatini yaxshilash borasida umumhududiy rivojlanishning dolzarb masalalarini samarali, birgalikda hal etish imkonini berdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan Hindiston va Pokiston kabi qator davlatlar bilan faol tashqi siyosat olib bormoqda. O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘sib, 2020-yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo hajmi 1,38 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Bu O‘zbekistonning jami tashqi savdo hajmining 3,8 foizini tashkil qiladi.
Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, gumanitar, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ushbu tashbbuslar va amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyati bilan ham dolzarb ahamiyat kasb, mintaqada tinchlikni ta’minlash va aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Qolaversa, yirik infratuzilmaviy hamda madaniy-gumanitar loyihalarning ro‘yobga chiqarilishi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarida barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Jumladan, global pandemiya davrida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligi mintaqaviy munosabatlarni chuqurlashtirish – barqaror, jadal rivojlanayotgan mintaqani shakllantirishga yordam beradigan talab yuqori bo‘lgan jarayon ekanligini ko‘rsatdi. Shu bois, davra suhbatida Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan nafaqat iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, balki yangi mintaqalararo darajadagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha siyosiy muvofiqlashtirilgan harakatlarni ta’minlash muhimligi qayd etildi.
Eldor Tulyakov “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori:
— O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subekti sifatida, mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yib, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni tobora rivojlantirmoqda.
So‘nggi besh yil davomida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan ochiq, konstruktiv, puxta o‘ylangan va pragmatik siyosati natijasida suvdan foydalanish, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat chegaralarini kesib o‘tish kabi murakkab masalalarga yechim topildi va bunday sa’y-xarakatlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston tashqi siyosatida nafaqat qo‘shni davlatlar, balki qo‘shni mintaqalar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish ustuvor ahamiyatga ega. Xususan, Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan hamkorlik, ayniqsa, ahamiyatli bo‘lib, mazkur mintaqa o‘ziga xos salohiyat va imkoniyatlarga ega.
Ishtirokchilar O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Afg‘onistonda tinch sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va mustahkam siyosiy tartibni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida BMTning Afg‘oniston bo‘yicha Doimiy qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha tashabbusini ham alohida e’tirof etib o‘tishdi.
Shuningdek, ekspertlar tomonidan ikki mintaqaning geografik yaqinligi, global iqlim o‘zgarishi ekologik ofat va falokatlarga olib kelishini ta'kidlab, hududlardagi mamlakatlarning tahdidlarga javob berish va iqlim o‘zgarishining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha pozitsiyalarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikda yechimlar ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.
Davra suhbati yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Markaziy va Janubiy Osiyo – mintaqaviy aloqadorlik. Taklif va imkoniyatlar” mavzusida iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konferentsiyani tashkil etish borasidagi tashabbusning dolzarbligi e’tirof etildi va ushbu nufuzli tadbirni o‘tkazish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmat