Joriy yilning 29-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi ko‘magida Axborot xavfsizligi bo‘yicha MDH xalqaro ekspert forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlarining 2019 va 2020-yillardagi sammitlarida ilgari surilgan tashabbuslar doirasida tashkil etilgan mazkur anjumanda MDH davlatlaridan 50 nafardan ziyod ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va MDH mamlakatlarining yetakchi tahliliy markazlari vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek, gibrid formatda o‘tkaziladigan tadbirda xorijiy ishtirokchilar ham onlayn shaklda qatnashishdi.
Forum doirasida ishtirokchilar tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda jinoyatlarga qarshi kurashish, axborot infratuzilmasi obektlarini texnik himoya qilish va kiberjinoyatlarni tergov qilish hamda axborot muhitida inson huquq va yerkinliklarini himoya qilish kabi mavzular muhokama qilindi.
Eldor Tulyakov,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori:
— Bugun butun dunyo raqamli texnologiyalar inqilobi sharofati bilan axborot eng kuchli qurolga aylangan murakkab bir sharoitda yashamoqda. Bu omil, o‘z navbatida, har bir davlatdan axborot xavfsizligini ta’minlash va ulardan foydalanuvchilarni mavjud kiber tahdidlardan himoya qiluvchi mexanizmlarni shakllantirishni talab etadi. Zero, hozirgi jadal globallashuv zamoni axborotlashgan jamiyat qurish jarayonida bu masalaning nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etayotganidan dalolat berib turibdi.
Chunki, bugun axborot maydoni chek-chegarasiz, hudud va masofa bilmaydi. Ya’ni, xorijiy davlat hududida turib ham boshqa mamlakatning axborot makonida qonun buzilishini, jinoyat yoki huquqbuzarlikni sodir etish mumkin. Shu bois, axborot xavfsizligini ta’minlashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, bu sohada davlatlar birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirib borishlari juda muhim.
Shuningdek, axborot sohasida turli mamlakatlar tegishli davlat organlarining inson huquqlarini ta’minlash va himoyalash, shaxsga oid ma’lumotlarni muhofazalash yuzasidan qonunchilikni uyg‘unlashtirgan holda qo‘llab borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Bugungi anjumanda yuqoridagi kabi dolzarb masalalar va yuzaga kelayotgan muammolar MDHga a’zo davlatlarning 50 nafardan ortiq nufuzli xalqaro ekspertlari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi hamda taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.
O‘z navbatida, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan MDH mamlakatlarining qator yetakchi tahliliy markazlari mutasaddilari bilan muzokaralar olib borilib, kelgusida axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va birgalikda qo‘shma loyihalar, tadqiqotlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Forum yakunida Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro MDH ekspert forumining yakuniy hujjati qabul qilindi. Mazkur hujjat Hamdo‘stlik doirasida axborot xavfsizligi sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslari va institutsional mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati