So‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini yanada kuchaytirish, jumladan, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida izchil sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Harakatlar strategiyasi doirasida har yili qabul qilib kelinayotgan Davlat dasturlari ijrosi doirasida qiynoqqa solishning barvaqt oldini olish, bu bilan bog‘liq murojaatlarni tezkor ravishda xolisona ko‘rib chiqish, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini muntazam amalga oshirish bo‘yicha samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, 2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili Davlat dasturining 23-bandida qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish borasida qator ustuvor vazifalar belgilangan edi.
Joriy yilning 26-iyun kuni imzolangan “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan mazkur bandning ijrosi ta’minlandi.
Qarorda belgilab berilgan chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishi natijasida qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimi endilikda xalqaro huquqning inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan printsiplari va normalariga muvofiqlashtiriladi. Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar tomonidan inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarga yuborilgan murojaatlarning muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilmasligini hamda qabul qiluvchiga zudlik bilan yuborilishi qat’iy ta’minlanadi.
Shuningdek, qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarning tezkor va xolisona ko‘rib chiqilishi hamda aybdor shaxslarning muqarrar javobgarlikka tortilishi, qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilishini hamda ularga yetkazilgan zararning kompensatsiya qilinish mexanizmlari takomillashtiriladi.
Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlari keng jalb qilinadi. Ularning davlat organlari bilan samarali hamkorligi ta’minlanadi. Qiynoqqa solishning oldini olish borasida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning milliy institutlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Shu bilan birga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsman huzuridagi ekspert guruhi negizida Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
– gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism, majburiy davolash muassasalarida qiynoqqa solishning oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflarini muntazam ravishda amalga oshirish;
– harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlash shart-sharoitlarini o‘rganish va ular yuzasidan axborotlarni jamoatchilikka e’lon qilib borish;
– qiynoqqa solish holatlarini aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish bo‘yicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qilish;
– qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
– qiynoqqa solish holatlarini ekspertlik baholash masalalari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
– qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilishida ishtirok etish;
– qiynoqqa solish xavfining oldini olish hamda bu sohada ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Shuningdek, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Bosh prokuratura, Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz tomonidan 2021-yil 1-dekabrga qadar Jinoyat kodeksida qiynoqqa solish uchun javobgarlik belgilovchi normalarni BMTning “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi Konventsiyasi” (Nьyu-York, 1984-yil 10-dekabr) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Xulosa o‘rnida aytganda, qarorda belgilab berilgan chora-tadbilarning amaliyotga joriy qilinishi, gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism hamda majburiy davolash muassasalaridagi shaxslar tomonidan qilingan qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarning tezkor va xolisona ko‘rib chiqilishi va aybdor shaxslarning o‘z vaqtida muqarrar javobgarlikka tortilishini ta’minlaydi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmat