• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

HINDISTON ELCHISI MARKAZDA MEHMON BO‘LDI

Joriy yilning 1 iyul kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan Markaz rahbariyatining bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hindiston elchisining tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Eldor Tulyakov mehmonni Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, elchiga O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, erishilayotgan natijalar, istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, elchi Manish Prabxat ikki davlatning o‘zaro munosabatlari, tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlik aloqalari, O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangiliklar, Prezident Shavkat Mirziyoyevning faol tashqi siyosatini Hindiston tomoni ham qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan xalqaro darajadagi muhim tashabbuslarning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT, ShHT doirasida qabul qilinayotgan hujjatlarda o‘z aksini topayotgani mamlakatning xalqaro maydondagi reytingi oshib borishida muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Hindistonning yetakchi “aql markazlari” o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, turli sohalarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish istiqbollarini ham atroflicha muhokama qilishdi.

Xususan, Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik (ITEC) dasturi orqali ikki davlatning ilmiy-tadqiqot markazlari, nodavlat tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etish, investitsion jozibadorlikni oshirish va investorlar huquqlarini himoya qilish, xorijiy tillarni o‘rganish va mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha fikr almashildi.

Shu bilan birga, uchrashuvda Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasida boshqaruv, savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, IT-ta’lim, madaniyat, turizm va boshqa sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirib borish haqida kelishib olindi.

 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati