• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

SURXONDARYO VILOYATINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

2021-yilning 17 dekabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda Adliya vazirligi hamkorligida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi platformasida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar va tashrif bayonlaridagi topshiriqlar ijrosini o‘rganish natijasiga bag‘ishlangan navbatdagi jamoatchilik eshituvini o‘tkazildi.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspert-mutaxassislari, Adliya vazirligi xodimlari, huquqshunoslar, Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ullari, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etgan jamoatchilik eshituvida o‘rganish natijasi tanqidiy tahlil qilindi.

Viloyatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kredit ajratish, qishloq xo‘jaligi, bandlik va ta’lim sohalarida belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatkichlarni so‘zsiz bajarish, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosini to‘liq yakuniga yetkazish, ishsizlik nafaqalari va boshqa kompensatsiya to‘lovlaridan mavjud qarzlarni qisqa muddatda to‘liq to‘lab berilishini ta’minlash, elektron tizimlarni samarali joriy etish bo‘yicha amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarning axborotlari eshitildi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan jamoatchilik eshituvida mutasaddilarning yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan izohlari bo‘yicha jurnalistlar va blogerlar tomonidan berilgan savollarga javoblar olinib, ijro intizomini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilab berilgan topshiriqlaring o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha bugungidek jamoatchilik eshituvlarini muntazam tashkil etib borish, joylarda islohotlarni sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish imkonini berishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati